Turkiya Superligasi. 12-tur yakuni yoxud derbida Galata saroyi egalari mag'lub
28 noy 2019 12:48
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. 12-tur yakuni yoxud derbida Galata saroyi egalari mag'lub
Ha, bu safargi o'tkazilgan bahslarda ham ko'pchilik uchun bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.
Galata saroyi mag'lub
Avvalgi turda mehmonda gaziliklarni ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratgan "Galatasaroy" bu safar o'z maydonida kimsan Anqara shahri jamoasini taslim qilgan "Istanbul Bashakshehir"ni qabul qildi va o'yin so'nggida kutilmagan tarzda gol o'tkazib yuborib, yutqazib qo'ydi. Yagona gol muallifi esa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida zahiradan maydonga tushgan Fredrik Gulbrandsen bo'ldi.
Galatasaray |
Super Lig . 12-tur 22/11/2019, 22:30 1
:
0
Tugadi
|
Istanbul Basaksehir Fredrik Gulbrandsen - 78' |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu
Debyutantdan sado chiqdi
Uzoq vaqtdan beri mag'lubiyatdan boshi chiqmay qolgan musobaqa debyutanti "Denizlispor" o'tgan tur doirasida antaliyaliklarni er tishlatgan "Rizespor" ustidan o'z muxlislari qarshisida so'nggi daqiqalarda kiritilgan ikki gol evaziga g'alaba qozondi. Gollarga o'yin ohirlarida zahiradan maydonga tushgan mezbonlarning kolumbiyalik yosh umidli hujumchisi Oskar Estupinyan va jamoa etakchilaridan biri bo'lgan Radoslav Muravskilar mualliflik qilishdi.
Denizlispor Oscar Estupinan - 86', Radoslaw Murawski - 90' |
Super Lig . 12-tur 23/11/2019, 17:00 0
:
2
Tugadi
|
Rizespor |
Stadion: Denizli Ataturk Stadi
Anqaraliklar yana mag'lub
Anchadan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan Anqara shahri bosh jamoasi bu safargi bahsda ishqibozlari ko'z o'ngida "Trabzonspor"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Mehmonlardan gollarni Aleksander Syorlot, franciyalik 21 yoshli kelajagi porloq yarim himoyachilardan biri Yusuf Sari va Entoni Nvakaemelar kiritishdi. Ushbu g'alabadan keyin trabzonliklar "Bashakshehir" bilan birgalikda yaqqol etakchi Sivas shahri jamoasini izma-iz taqib etishmoqda.
Ankaragucu |
Super Lig . 12-tur 23/11/2019, 19:30 3
:
0
Tugadi
|
Trabzonspor Alexander Soerloth - 6', Yusuf Sari - 48', Anthony Nwakaeme - 56' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Burgutlar yana g'olib
Musobaqaning boy tarixga ega sovrindor jamoalaridan bo'lgan mamlakat bayroqdori "Beshiktosh" mavsum boshidagi omadsizliklardan so'ng, ancha o'ziga kelib oldi. Ular bu safar mehmonda kam sonli "chaqilmas yong'oq" ishtirokchilardan biri "Konyaspor"ni Turkiya milliy terma jamoasi gvardiyachisi bo'lgan 34 yoshli faxriy hujumchi Burak Yilmazning yagona goli hisobiga mag'lubiyatga uchratishdi. SHu tariqa, istanbulliklar turnir jadvalida 5-o'ringacha ko'tarilib olishdi.
Konyaspor |
Super Lig . 12-tur 23/11/2019, 22:00 1
:
0
Tugadi
|
Besiktas Burak Yilmaz - 71' |
Stadion: Konya Buyuksehir Stadyumu
Karvonboshining yirik g'alabasi
Mavsum boshidan beri, pastgi pog'onalarda izg'ib yurgan bechorahol jamoalardan biri bo'lgan "Qaysarispor" bu safar musobaqa jadvalining yangi karvonboshisi o'ljasiga aylandi va raqibi tomonidan ayovsizlarcha yakson qilindi. Mag'lub jamoadan braziliyalik legioner Pedro Enrike gol urgan bo'lsa, mehmonlardan Fernando, Emre Kilinch bittadan to'p kiritishdi va ikkinchi bo'limda maydonga tushgan "joker" Erdogan Eshilyurt dubl qayd etdi.
Kayserispor Pedro Henrique - 44' |
Super Lig . 12-tur 24/11/2019, 16:00 4
:
1
Tugadi
|
Sivasspor Fernando Santos - 24', Emre Kilinc - 70', Erdogan Yesilyurt - 74', Erdogan Yesilyurt - 90' |
Stadion: Kadir Has Sehir Stadyumu
Eski peshqadamda omadsizlik
O'tgan turda azaliy raqobatchilaridan biri bo'lgan Trabzon shahri bosh jamoasiga imkoniyatni boy berishi natijasida karvonboshilikni sivasliklarga topshirgan "Alanyaspor" bu safar oldingi tur doirasida "Yeni Malatyapor" bilan ochkolarni bo'lishib olgan "Gyoztepe"ga minimal hisobda mag'lubiyatga uchradi. O'yin taqdirini hal qilib bergan yagona golga portugaliyalik 31 yoshli tajribali vinger Andre Kashtru mualliflik qildi.
Alanyaspor |
Super Lig . 12-tur 24/11/2019, 18:30 1
:
0
Tugadi
|
Goztepe Andre Castro - 68' |
Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu
Quyidagilar jangi
Avvalgi tur doirasida Istanbulda "Fenerbaxche" mehmoni bo'lib, alamli tarzda yutqazib qo'ygan "Qosimposho" yaqqol autsayderni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratgan "Genchlerbirligi"ga 1:2 ko'rinishida imkoniyatni boy berdi. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. Oldiniga Aytak Kara hisobni ochdi va lekin mehmonlarning ruminiyalik chin etakchi forvardi Bogdan Stanku ikkita gol urib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
Kasimpasa Aytac Kara - 54' |
Super Lig . 12-tur 24/11/2019, 18:30 2
:
1
Tugadi
|
Genclerbirligi Bogdan Stancu - 82', Bogdan Stancu - 88' |
Stadion: Recep Tayyip Erdogan Stadi
Etakchining ochko yo'qotishi
Avvalgi tur doirasida mehmonda gyoztepeliklar bilan kutilmaganda durang o'ynash asnosida qimmatli ochkolarni boy bergan "Yeni Malatyaspor" qosimposholiklarni katta qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratgan "Fenerbaxche"ga qarshi o'ynadi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. SHuni takidlab o'tish joizki, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarning to'qqizinchisida faoliyati davomida Evropaning "Inter", "Atletiko" va "Nyukasl"dek klublari sharafini himoya qilgan Emre Belezoglu yuzaga kelgan penaltini ko'kka sovurdi.
Yeni Malatyaspor |
Super Lig . 12-tur 24/11/2019, 21:00 0
:
0
Tugadi
|
Fenerbahce |
Stadion: Malatya Stadyumu
Raqobatchilar to'qnashuvida murosa
Oldingi turda mehmonda "Rizespor"dan kichik hisobda mag'lubiyatga uchragan, uzoq vaqtdan beri omadsizliklar girdobida qolgan va natijada musobaqa jadqalida pastga sho'ng'igan "Antalyaspor" bu safar o'z muxlislari qarshisida "Galatasaroy"dan engilgan "Gaziantep" bilan 1:1 ko'rinishida durang o'ynadi. Dastlab, birinchi bo'limda Papi Jiloboji hisobni ochdi. O'yin so'nggida antaliyaliklarning 25 yoshli germaniyalik himoyachisi Nazim Sangare jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Antalyaspor Nazim Sangare - 84' |
Super Lig . 12-tur 25/11/2019, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Gaziantep FK Papy Djilobodji - 37' |
Stadion: Antalya Stadyumu
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar