So’nggi yangiliklar

15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  2 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  4 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  5 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  9 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  25 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  7 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5

Turkiya kompaniyasi O'zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo'ladi Yangiliklar

Turkiya kompaniyasi O'zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo'ladi

Yangi futbol mavsumi start olishiga sanoqli kunlar qoldi.

Mavsum O'zbekiston Superkubogi uchun o'tkaziladigan o'yin bilan ochib beriladi.

Mamlakat chempioni "Lokomotiv" hamda O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o'rtasida kechadigan Superkubok o'yiniga Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiy bo'ladi.

Ushbu kompaniya O'zbekiston bozoriga futbol orqali kirish niyati bor ekanini bildirdi. Mamlakat Superligasi homiyligi uchun asosiy nomzod bor ekanidan kelib chiqib, PFL KOC Elektrik AS uchun Superkubok o'yinini taklif qildi.

Kompaniya vakillari 2019 yilgi mavsum davomida milliy chempionatimiz uchrashuvlari tashkilotchiligi, shuningdek, Superliga brendi ommalashuvini o'rganib boradi. Agar barchasi ko'ngildagidek ketsa, ushbu kompaniya bilan hamkorlik 2020 yildan boshlab yanada kattaroq masshtabda davom etishi mumkin.

O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv poytaxtdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 16:00 da start oladi va "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi. Avvalroq uchrashuv 15:00 ga tayin qilingandi. Yangi kelishuvdan keyin Professional futbol ligasi muxlislar ko'nglini olish uchun koncert dasturini ham rejalashtirdi hamda "Sport" bilan kelishib, uchrashuvni 16:00 ga ko'chirdi.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика