Turkish Women's Cup 2019: O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Ruminiyaga mag'lub bo'ldi
02 mar 2019 14:59
Yangiliklar


Turkish Women's Cup 2019: O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Ruminiyaga mag'lub bo'ldi
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Turkish Women's Cup 2019 xalqaro musobaqasi ishtirok etmoqda.
Bahrom Norsafarov shogirdlari dastlabki bahsda Hindiston terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Bugun terma jamoamiz azolari Ruminiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. O'yin 1:0 hisobida Evropa vakili g'alabasi bilan yakunlandi. Eslatib o'tamiz, 3 mart kuni terma jamoamiz Turkmaniston bilan kuch sinashadi.
3 mart
O'zbekiston – Turkmaniston (Side shahri, «Xane» stadioni)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar