So’nggi yangiliklar

10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2

Tur iqtiboslari: "Faqat "Paxtakor"ga omad tilayman, qolgan raqiblarga sog'liq" Yangiliklar

Tur iqtiboslari: "Faqat "Paxtakor"ga omad tilayman, qolgan raqiblarga sog'liq"

Superliganing 8-turidan keyingi matbuot anjumanlari Arveladze faqat "Paxtakor"ga omad tilashini, Qosimov hammaga insof berishini, Zuhurov penalti qaytarish bo'yicha alohida shug'ullanish kerakligini takidlashdi.

"Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyin SHota Arveladzega "Ertangi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvida "Loko"ga omad tilaysizmi?", deb berilgan savolga "Paxtakor" bosh murabbiyi quyidagicha javob qaytardi:

"Men faqat "Paxtakor"ga omad tilayman. Qolgan raqiblarga esa sog'liq", - dedi SHota Arveladze.

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov barchaga insof so'radi.

"Penalti yo'q edi. Hech qanday penalti bo'lmagani xattoki men o'tirgan joydan ko'rindi. Hammaga insof bersin! "Bunyodkor" nima bo'lgan taqdirda ham oxirigacha kurashadi", - dedi Mirjalol Qosimov.

SHuningdek, "Bunyodkor" darvozaboni Murod Zuhurov "Buyog'iga har turdan oldin penalti qaytarish borasida alohida shug'ullanish kerakdir", deb berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi:

"Balki rostanam endi har turdan oldin penalti qaytarish borasida alohida shug'ullanishni odatga aylantiramiz shekilli. "Bunyodkor" yutuq uchun qo'ldan kelgancha harakat qildi. Ammo hamma narsa faqatgina bizning harakatimizga bog'liq emas ekan", - dedi Murod Zuhurov.

"Bunyodkor" himoyachisi va ikkinchi penalti belgilangan vaziyatda asosiy ishtirokchilardan biri bo'lgan Anvar G'ofurov esa Marat Bikmaevga insof tiladi.

"Marat Bikmaevga insof bersin! To'g'ri, u o'z ishini qildi. Ammo evropa futbolida bunday jentelmenliklarni ko'rganmiz. Baribir odam insoniylikni yo'qotmasligi kerak. Bikmaev penalti yo'qligini bosh hakamga aytsa bo'lardi", - dedi Anvar G'ofurov.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика