So’nggi yangiliklar

09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  0 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  2 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  1 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  5 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  17

Tungi arxiv. #6 - Roberto Karlos Yangiliklar

Tungi arxiv. #6 - Roberto Karlos

Moziy yulduzlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Bu galgi qahramonimiz braziliyalik mashhur himoyachi Roberto Karlos bo'ladi.


Roberto Karlos haqida qisqacha malumot
:

Tug'ilgan sanasi: 1973 yil, 10 aprel.
Bo'yi: 168 sm
Vazni: 70 kg
Poziciyasi: chap qanot himoyachisi
O'ynagan jamoalari: "Union San Juan" (1991-1993), "Palmeyras" (1993-1995), "Inter" (1995-1996), "Real" (1996-2007), "Fenerbaxche" (207-2010), "Korintians" (2010-2011), "Anji" (2011-2012), "Deli Daynamos" (2015-...)
Terma jamoadagi faoliyati: 125 o'yin, 11 gol (1992-2006)
Murabbiylik faoliyati: "Anji" (2011), "Sivasspor" (2013-2014), "Akxisar Belediespor" (2015), "Al Arabi" (2015), "Deli Daynamos" (2015-...)



Roberto Karlos nomini eshitgach eng avvalo ko'z oldimizda kuchli zarba va yuqori tezlik sohibi gavdalanadi. Braziliya terma jamoasi va "Real" klublari bilan juda katta muvaffaqiyatlar erishgan Roberto Karlos har qanday futbol ishqibozining yoqimtoy futbolchisi qatorida o'rin tuta oladi. Karlos tabiatdan juda tirishqoq, kurashchan, epchil va chaqqon futbolchilar sirasiga kiradi.
Qahramonimiz juda kambag'al oilada tug'ilgan. Oilasida uchta qiz farzand orasida otasining yagona merosxo'ri bo'lgan. Uning ismini braziliyalik mashhur qo'shiqchi Roberto Karlos Bragiga havas qilib Roberto qo'yishgan.
Karlos 8 yoshidan boshlab otasi ustozlik qilgan havaskorlar jamoasida to'p sura boshlagan.
Maktabda do'stlari bilan kirishimli, juda yaxshi, muomalali bo'lgan Karlos 12 yoshida zavodda ishlab pul topishga tushadi. Roberto Karlos ikki yarimdan ortqroq vaqt davomida futbol o'ynash barobarida zavodda ishlab oilasi uchun pul topadi.
1987 yilda zavod jamoasi ishtirokida bir o'yinda "Unian Ladeyra" klubi skauti keladi. Skautga Karlosning o'yinlari manzur bo'ladi va biroz vaqt o'tgach zavod rahbariyati, Karlosning ota-onasi bilan kelishgan holda Robertoni jamoa ko'rigiga olib ketadi.
1988 yildan boshlab esa Roberto Karlos "Unian Ladeyra" jamoasi o'zining professional faoliyatini boshlaydi.


Karlos nafaqat maydonda jamoasining fidoiy himoyachisi bo'lgan, balki o'z muxlislarini ham haqiqiy himoyachisi bo'lgan...


Aynan shu jamoa orqali Roberto Karlosning muvaffaqiyatli faoliyati start oladi.
"Palmeyras" klubi 1993 yilda Karlos uchun 500 ming dollar to'laydi va futbolchini transfer huquqini sotib oladi. Karlos tezda "Palmeyras" jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi va klubi bilan ikki bor chempionatda zafar quchadi.
Keyinchalik Angliyaning "Midlsbro" jamoasiga o'tishi kerak bo'lgan Karlos yakunda "Inter"ga yo'l oladi. "Inter" o'shanda Karlos uchun 3,5 million evrodan voz kechadi.
"Inter"dagi ikki mavsumdan so'ng Karlos Madridga, yani "Real"ga yo'l oladi. Qirollik klubi Karlos uchun 6 million evroni sarf etadi. Karlos "Real" safidagi uchinchi o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ladi. Ispaniyada Karlosning dahshatli zarbasidan birinchi bo'lib "Betis" jamoasi jabr ko'radi.
Birinchi mavsumdayoq Karlos "Real" bian Ispaniya chempioni bo'lishga erishadi. Keyingi yil esa Evropa chempionlar ligasida zafar quchadi.

Roberto Karlos nafaqat klub miqiyosida, balki terma jamoa bilan ham bir qator yutuqlarga ega chiqadi. Braziliya terma jamoasining almashtirib bo'lmas chap qanot himoyachisi 1998 yilgi mundialda finalga qadar etib boradi va hal qiluvchi o'yinda Franciyaga imkoniyatni boy beradi. Oradan to'rt yil o'tib esa Osiyo qitasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida Braziliya yana taxtga chiqadi. Finalda Germaniya mag'lub etilganidan so'ng pentakampeonlar beshinchi marotaba jahon kubogini boshlari uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'lishadi. Roberto Karlos esa mundial davomida juda yorqin o'yin ko'rsatadi va jamoasining gollariga mualliflik qilishga ham erishadi.

Qahramonimiz futbolchilik faoliyati davomida "Palmeyras", "Real" va Braziliya terma jamoalari safida yorqin o'yin ko'rsatadi va katta musobaqalarda g'olib bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi.


O'sha mashhur "Pepsi"ning reklamasi syomkasida olingan surat...


"Real"dagi 11 yillik faoliyatidan so'ng Karlos Turkiyaga yo'l oladi. "Fenerbaxche" safida to'p tepgan Karlos keyinchalik yana vatani Braziliyaga qaytadi. "Korintians" tarkibidagi o'yinlari orqali Karlos yil yakuniga ko'ra eng himoyachi deb topiladi.
Roberto Karlos bir muddat Rossiyaning "Anji" safida harakat qiladi. Keyinchalik esa jamoada yordamchi murabbiy lavozimida ish boshlaydi.

Roberto Karlos millionlab futbol muxlislarining yoqimtoy o'yinchisi, kumiri sanaladi. Bu bejizga emas. Karlosning jarima zarbalaridan tepadigan to'pi, uzoq masofadan yo'llaydigan "zambarakning o'qi" kabi zarbalari har qanday kishini o'ziga rom etib qo'yadi.

O'z paytida "Playstation" o'ynagan futbol muxlislari yaxshi bilishadi, Karlosning yuqori tezligi va mega zarbasi tufayli "Real"da aslida himoyachi bo'lgan Karlosni ko'pchilik hujum chizig'ida qo'yib ham o'ynagan.

Roberto Karlos ko'p yillar mobaynida kuchli zarbasi orqali tezligi soatiga 198 km bo'lgan zarbasi bilan jahon rekordini o'ziniki qilib yurgan. Uning rekordini esa Germaniya terma jamoasi azosi Lukash Podolski 2010 yilgi jahon chempionatidagi zarbasi bilan yangilagandi. Podolski tepgan to'p soatiga 201 km tezlikda bo'lgan.

Roberto Karlosning jarima zarbalaridan tepadigan to'plari ajabtovur traektoriya xosil qilgan.

Roberto Karlos nafaqat o'zining tezligi va kuchli zarbalari orqali maqtana oladi. Balki braziliyalik himoyachi raqib futbolchilarini o'z qanotida juda "iliq" qarshi olish bo'yicha ham juda yaxshi taassurot qoldirgan. Karlos qarshisida paydo bo'ladigan har qanday raqib undan qay tarzda o'tib ketish borasida juda ko'p bosh qotirishiga to'g'ri kelgan.

Roberto Karlos futbol tarixidagi eng kuchli qanot himoyachilari qatorida tilga olinadi.

 



Erishgan yutuqlari
:

- Braziliya chempioni (1993, 1994)
- "Rio San Paulu" turniri g'olibi (1993)
- San Paulu shtati chempioni (1993, 1994)
- Ispaniya chempioni (1997, 2001, 2003, 2007)
- Ispaniya superkubogi sohibi (1997, 2001, 2003)
- Evropa chempionlar ligasi (1998, 2000, 2002)
- UEFA superkubogi (2002)
- Qitalararo kubogi sohibi (1998, 2002)
- Turkiya superkubogi sohibi (2007, 2009)
- Jahon chempioni (2002)
- Amerika kubogi sohibi (1997, 1999)
- Konfederaciyalar kubogi sohibi (1997)
- Olimpiyada o'yinlari bronza medali sohibi (1996)  

SHaxsiy yutuqlari:

- Evropaning eng yaxshi himoyachisi (2002, 2003)
- Italiya chempionatining eng yaxshi himoyachisi (1996)
- Braziliya chempionatining eng yaxshi himoyachisi (2010)
- "Golden foot" sohibi (2008)
- FIFAning eng yaxshi 100 futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan


Roberto Karlosning ismi ushbu braziliyalik mashhur qo'shiqchi Roberto Karlosga havas qilib qo'yilgan ekan...


Bu esa 42 yoshli Roberto Karlos. Hozirgi vaqtda qahramonimiz "Deli Daynamos" jamoasida o'ynovchi murabbiy hisoblanadi


Tungi arxiv. #1 - Gabriel Batistuta

Tungi arxiv. #2 - Yap Stam

Tungi arxiv. #3 - Valderrama

Tungi arxiv. #4 - Mirjalol Qosimov 

Tungi arxiv. #5 - Zinedin Zidan

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика