Tunda yana LaLiga o'yinlarini tomosha qilamiz. Madridda "Ueska" mehmon
25 sen 2018 14:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455039_original.jpg)
![](/upload/storage/455039_220.jpg)
Tunda yana LaLiga o'yinlarini tomosha qilamiz. Madridda "Ueska" mehmon
Bugun, 25 sentyabr kuni LaLiganing 6-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Ushbu tur o'yinlarini "Espanol" - "Eybar" bahsi ochib beradi. Uchrashuv 23:00da start oladi. Ushbu uchrashuvdan tashqari bugun yana 2ta LaLiga bahsi bo'lib o'tadi. "Real Sosedad" "Anoeta"da "Rayo Valekano"ni qabul qilsa, "Vanda Metropolitano" "Atletiko" - "Ueska" bahsiga mezbon bo'ladi. "Matraschilar" Ispaniya chempionatining 5-turidan so'ng turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. Madrid klubi LaLigadagi bahslarda 2ta g'alaba va 2ta durangga erishib, 1 marta mag'lubiyatga uchragan. "Ueska" 1ta g'alaba va 1ta durang bilan o'z hisobiga 3ta mag'lubiyat yozdirib qo'ygan.
25 sentyabr. LaLiga 6-tur
23:00. "Espanol" - "Eybar" (Match! Futbol 3)
00:00. "Real Sosedad" - "Rayo Valekano"
01:00. "Atletiko" - "Ueska" (Match! Futbol 3)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar