Trossard: "Arsenal" "Manchester Siti"ga "vyzov" tashlay oladi" Yangiliklar

Trossard: "Arsenal" "Manchester Siti"ga "vyzov" tashlay oladi"

"Arsenal" futbolchisi Leandro Trossardning fikriga ko'ra, "to'pchilar" APL chempionligi uchun "Manchester Siti"ga yana asosiy raqobatchisi bo'la oladi.

"Ular o'tgan mavsumda erishgan barcha narsalarini hurmat qilamiz. Ularning APLda qanday ishtirok etishganini ham bilamiz, biroq barchasi ham bizga bog'liq bo'lmaydi. Jamoamiz sifatli, agarda barcha uchrashuvlarda reja asosida o'ynasak, "Manchester Siti" bilan raqobatlasha olamiz. Barcha bilan bir xil kurashishga harakat qilamiz.

APLning boshqa jamoalari ham sezilarli kuchaydi. Titul uchun kimlar kurashishini oldidan aytish qiyin bo'lib qoldi, chunki bu uzoq poyga, mavsum davomida nimalar bo'lib ketishini bilish ham qiyin.

"Liverpul" va "CHelsi" yaxshi transferlar amalga oshirdi, lekin biz barcha o'yinlarda g'alaba qilishni istaymiz va aynan shu kayfiyatda o'yinlarga tayyorlanyapmiz. Ko'ramiz, mavsum yakunida qaysi o'rinda bo'lar ekanmiz", - dedi Trossard.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика