Trent: "Liverpul"dan keyin mening eng sevimli jamoam - bu "Barselona"

Omonjon To`xtamirzayev
26 mar 2025, 12:03
"Liverpul" qanot himoyachisini faoliyatini "Real"da davom ettirishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Hozircha rasmiy ma'lumotlar bo'lmasada, angliyalikning Madriddagi maoshi haqida ham xabarlar tarqalib ulgurdi.  

Shu o'rinda, hech nimani unutmaydigan internet futbolchining 2022 yildagi intervyusini esladi. Unda Aleksander-Arnold "Liverpul"dan keyingi eng sevimli klubi "Barselona" ekanligini aytib o'tgandi. Oradan 3 yil o'tar-o'tmas u "ko'k-anorranglilar"ning ashaddiy raqibi safiga ko'chib o'tyapti.

"Liverpul"dan keyin mening eng sevimli jamoam bu "Barselona". Ularda ham xuddi bizda bo'lgani kabi, juda o'xshash qadriyatlari bor" degandi Trent Aleksander-Arnold.

Chamasi, Trent sevimli klubi bilan ko'proq o'ynash uchun ham "Real" safiga ko'chib o'tishga qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive