So’nggi yangiliklar

07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  0 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  1 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  3 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  9 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  28 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  5 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4

Trenddagi mavzu: hakamlik yoxud ularga tosh otaverishdan ne naf? Yangiliklar

Trenddagi mavzu: hakamlik yoxud ularga tosh otaverishdan ne naf?

O'zbekiston Superligasining 2021 yilgi mavsumi hakamlar bilan bog'liq mojarolar, tushunmovchiliklar, VAR tizimining ishlashi haqidagi fikrlar bilan yodda qolsa, ajabmas.

Bu yilgi mavsum boshlanganidan beri, mana 7-tur o'yinlari o'tkazilyaptiki, deyarli har turda hakamning o'yindagi chiqargan qarori muxlislarga, mutaxassislarga va futbolchilarga yoqmayapti. Murabbiylarning bazilari o'yindan so'ng emociyalarini yashirmasdan fikrlarini bildirishdi. Darvoqe, nafaqat Superliga, balki Pro ligada ham shunga o'xshash holatlar yo'q emas («Olimpik» — «Oq-tepa» o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Alisher SHog'ulomov hakamlar haqida gapirib o'tgandi, misol uchun).

Nega trendga o'yindagi ajoyib intriga yoki qiziqarli vaziyatlar emas, balki hakamlar chiqib qolyapti. «O'sha o'yindagi intrigani hakamlar buzyapti», «VAR bilan qanday ishlashni hakamlarimiz bilmayapti» deyishdan avval, boshqa jihatlarga ham birrov etibor qarataylik.

La Ligada VAR tizimi ilk bor qo'llanilganida u erdagi to'xtalish ham cho'zilib ketar, futbolchilarning o'yinda sovib qolishgani, bu holat o'yin tempiga tasir qilishi ko'p bora aytildi. Biroq keyinchalik bu narsalar to'g'rilandi. Hozir esa bir necha soniyada VAR ko'ryapti hamda yakuniy qarorni chiqaryapti.

APLda VAR tizimi «kuchli beshlik»ning boshqa ligalariga qaraganda biroz kechroq qo'llanila boshladi. Ular avvalo hammani kuzatib olib, keyin boshlashdi, natijada yuqoridagi kabi holatlar bo'lmadi. O'zbekiston chempionatida esa VAR bu yil kirib keldi. Biz bir necha yil bu tizimning qanday ishlashini kuzatdik. Ammo hozirgi holatda bizda shu VARning bir turda jilla qursa 3 ta o'yinida ishlayotgani ham yaxshi. Televizorda futbol ko'rayotganda kameralar bazi vaziyatlarda ojiz qoladi, albatta, bu narsa Evropa futboldagi matchlarning translaciyasi bilan solishtirilgan yaxshiroq seziladi. SHunga yarasha VAR ham yaxshi ishlamoqda, bizda esa hozirgi holatdagi texnikalar bilan bu sistemani qo'llayotganimiz yomon emas, menimcha.

Hakamlik esa katta mavzu. Koronavirus, Sardoba voqealari, Messi yoki Ronaldudan qay biri kuchli ekanligi kabi bahs-munozaralar kabi bu holatning bahsi hech ham tugamaydi. Ro'ziqul Berdiev aytganidek, hakamning qo'lida hushtak, u barchasini hal qiladi. SHu o'rinda yana bir narsani takidlamoqchiman, VAR va hakamlik haqida hakamlar departamenti boshlig'i Erkin Baxtiyorov bilan suhbatlashganimda u VARning penalti belgilashga, qisqasi, yakuniy qaror chiqarishda aralashmasligini, so'nggi so'zni bosh hakamning o'zi aytishini malum qildi.

«So'g'diyona» — «Turon» o'yinida bosh hakam aslida penalti bo'lmagan vaziyatni penalti deya baholadi, penalti berilishi kerak bo'lgan vaziyatda indamadi. Yakunda jazolandi! «Navbahor» — «Paxtakor» o'yinida bosh hakam barchasini o'zi hal qilib penalti belgiladi va har qancha so'kishlar ostida qolmasin, qonunan to'g'ri qaror qabul qildi. Erkin Baxtiyorov «Samisov bilan» loyihasida aytganidek, agar hakam o'sha bahsda penalti bermaganida bahosi ikki bo'lar edi va jazoga tortilishi mumkin edi.

Agar siz, biz va boshqalar tinmay hakamlarni ayblashda davom etaversak ham biror nima o'zgarishiga shaxsan men ishonmayman. Muxlislar stadionga suv idishlarini uloqtirgani bilan («Nasaf» futbolchilari malades! Tezda borib muxlislarni tinchlantirishga urinishdi) yoki hakamlar va raqib jamoa futbolchilarni so'kkani bilan, MTRKning mashinasiga zarar etkazgani bilan inqilobiy o'zgarish bo'lmaydi.

Husniddin Aliqulov kechagi avtogolini urmaganida boshqacha holat bo'lishi mumkinmidi, ha, nega yo'q?! «Hushtakkacha o'yna» deyishardi futbol to'garagidagi ustozlarimiz, VARsiz ham, biror «qadami og'ir keladigan» hakamsiz ham yutish mumkin, jamoa o'sha kuni, o'sha bahsda chinakamiga kuchli bo'lsa. Agar haqiqatanam shu hakamlar o'yinga tasir o'tkazsa jazolarni berishyapti. Bu narsaga ommaga kechroq, so'ralgandan so'ng oshkor bo'lyapti-kuya, lekin muhim aytilyapti.

Og'abek Samisov

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика