Transfermarkt va Championat.Asia Superligada noyabr oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
05 dek 14:27
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.Asia Superligada noyabr oyining eng yaxshilarini aniqlashdi
So'rovnomada Championat.Asia sayti jurnalistlari, Transfermarkt portalining rus bo'limi xodimlari ishtirok etishdi. Ekspert sifatida sobiq futbolchi Sanat SHixov taklif etildi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, Superligada noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi Ilyos Qurbonov bo'ldi. Uning qo'l ostida "Metallurg" Superligani to'g'ridan-to'g'ri tark etish zonasidan qocha oldi. Noyabr oyidagi 3 ta o'yinda jamoa 7 ochko to'pladi, oxirgi turda Qarshida amaldagi O'zbekiston chempioni "Nasaf" taslim etildi. Qurbonov 40% ovoz oldi, ikkinchi o'rinni "Navbahor" ustozi Sergey Lushchan (30%) egalladi.
Superligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb Jamshid Iskanderov tan olindi. Uchta o'yinda "Navbahor" vakili gol+pas tizimida 4+2 ball to'pladi. Namangan klubi Superligani bronza medali bilan yakunlashida uning hissasi katta bo'ldi. Iskanderov 65% ovoz to'pladi.
Fikrlar