

Ingliz futbolchisi aprelda 3 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, jumladan, 33-turda "Byornli" ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda xet-trik qayd etdi.

26 yoshli futbolchi nominaciyada g'olib bo'lishda Jarrod Bouen va Konstantinos Mavropanos (ikkisi – “Vest Xem”), Rayan Sherki va Niko O’rayli (ikkisi – “Manchester Siti”), Paskal Gros (“Brayton”), Noa Okafor (“Lids”) va Aleks Skott (“Bornmut”)ni ortda qoldirdi.



