So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  251 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Transfer oynasi qachon paydo bo'lgan? Yangiliklar

Transfer oynasi qachon paydo bo'lgan?

1994/95 mavsumdagi Boxing Day da birdaniga ikkita transfer sodir bo'ldi.

Birinchisi oddiyroq: "Vest Xem" "Strasbur"dan Maykl Xyuzni ijaraga oldi. Ikkinchisi esa shov-shuvli. "Manchester Yunayted" rekord miqdoridagi pullar (7 mln. funt) evaziga "Nyukasl"ning eng yaxshi to'purari Endi Koulni sotib oldi.


Erik Kantona kung-fu tufayli "dam olayotganida", Koul 18ta o'yinda 12ta gol urib, "Yunayted"ni chempionlik poygasida saqlab qoldi. "Qizil iblislar" so'nggi turdan oldin "Blekbern"dan 2 ochko orqada edi va ular ajoyib imkoniyatga ega bo'lishdi: "Roverz" "Enfild"da yutqazib qo'ydi. MYU kuchsiz xavfli hududda yurgan "Vest Xem"ni mag'lub etsa bo'ldi edi. Deyarli hech kim "Yunayted"ning muvaffaqiyatiga shubha qilmayotgandi.

Biroq "Vest Xem" mankunianlarni to'xtatib qoldi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi, Xyuz gol urdi, Koul esa ikkita birga-bir vaziyatni yo'qqa chiqardi. Mavsum o'rtasida amalga oshirilgan transferlar sovrin masalasini hal qildi.



Hozirgi kunda transfer oynasid hakam va to'p kabi futbolning bir qismiga aylanib qoldi. Ular mavsumni ikkiga bo'lib turadi va yozda xabarlar lentasini to'ldirib turadi. Umuman olganda bu futbolga o'xshagan shou. Bazida transfer oynasi avvaldan bordek tuyuladi, aslida esa u bir necha yillik bahslardan so'ng 2002 yilda paydo bo'lgan.



Transfer oynalari - agentlarning tartibsiz ishlashlari oqibati. UEFA top-ligalar bosimi ostida bu qoidani o'ylab topgan


1995 yilning 15 dekabrida Jan-Mark Bosman UEFAga qarshi besh yillik sud ishida g'olib chiqdi va tizimni yo'q qildi. Bungacha futbolchilar qullardek edi va shartnoma yakunlanganidan keyin ham klubga tegishli bo'lgan: Jamoani o'z xohishi bilan tark etib bo'lmasdi va rahbarlar bundan foydalanib maoshlarni pasaytirgan. Klub prezidenti har qanday futbolchining karerasini yo'q qilishga qodir edi.


Bosman ishi futbol qoidalarini Evropa Ittifoqi (EI) mehnat normalariga mos ravishda o'zgarishiga olib keldi. Sud erkin agentlar institutiga asos soldi va EI futbolchilari uchun legionerlar limitini bekor qildi (avval "Barselona" Ispaniyadan bo'lmagan faqat uch kishini maydonga tushirishi mumkin edi). Futbolchilar EI mamlakatlari jamoalariga bemalol o'tish, klublar esa har qanday futbolchini xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. SHunday qilib superklublar davri boshlandi.

Jan-Mark Bosman va uning advokatlari

Bu qaror natijasida agentlarda katta o'sish kuzatildi. Dallollar 80 yillar boshida paydo bo'lgan, ammo faqat Bosman qoidasi bilangina agentlar juda katta imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Transfer oynasi yo'qligi esa yanada katta kuch berdi. Bozorda cheklovlar yo'q edi va agentlar chempionatning o'rtasida futbolchini raqib jamoaga o'tkazib yuborardi - bu bilan ular klublarga katta bosim o'tkaza olishgan. Liga rahbariyati esa yangi kuch paydo bo'lganidan g'azablandi.


"Tinimsiz aukcionlar uyushtiradigan agentlar ustidan nazorat kerak. Bundan tashqari klublar mavsumlarni oldindan rejalashtirishni o'rganishi lozim. Transfer oynalari ahamiyatga ega" - degandi APL ijrochi direktori Piter Liver 1998 yilda.


Taxminan o'sha vaqtda Evropaning to'qqizta ligasi bosslari (top-5 va Belgiya, SHotlandiya, Gollandiya va Portugaliya). Ular transfer olamidagi tartibsizlikka qarshi chiqqan federaciyalarni qo'llab-quvvatlashdi va boshqa liga yaratish haqida aytib, UEFAga tahdid qilishdi. UEFA bir yildan so'ng umumevropa transfer tizimi ustida ishlayotganini elon qildi. Yangi qoidalar quyidagicha bo'lishi kerak edi:

- Futbolchilar faqat malum bir oyda klubini o'zgartirishi mumkin;

- Kutilmagan transferlardan shoshib qolmaslik uchun murabbiylarning ishini soddalashtirish;

- Yoshlar uchun imkoniyat yaratish - klub tarbiyalanuvchilari maydonda ko'proq vaqt o'tkazishini taminlash. Avvallar klublar o'zlari istagan oyda jarohat olgan futbolchilar o'rniga boshqasini xarid qilishgan; 

- Jamoa va muxlislar o'rtasidagi tijoriy aloqani soddalashtirish: Biror futbolchi nomi tushirilgan futbolkani xari qilgan ishqiboz, u mavsum o'rtasida ketib qolmasligini bilishardi.


Tizimni bir necha yil davomida ishlab chiqishdi. Bir vaqtda transfer oynasi rejasi bekor bo'lib ketishi mumkin edi. Malum bo'lishicha, oyna agentlardan boshqalarga ham halal berar ekan. Ingliz klublari qarshi chiqishdi.


APL klublari TO (transfer oynasi)ga qarshi edi. Ularga eski tizim maqul bo'lgan

Inglizlar 1991 yilning boshida transfer oynasini muhokama qila boshlashgan, o'sha vaqtda APLga asos solinayotgan edi. Erkinlikka erishgan klublar o'zlari uchun maksimal darajada qulay tizimni izlardi. 1992/93 mavsumda TOni amalga oshirish uchun ovozga qo'yishdi, ammo o'zgarish bo'lmadi. Eski tizim bir nechta ovoz ko'p to'pladi. Mavsum o'rtasida futbolchi sotishga o'rganib qolgan mayda klublar qarshi ovoz berishdi.


Bir yildan so'ng "Tottenxem" ustozi Terri Veneybls jonlandi. Veneybls A Seriyadan namnua oldi va ikkita oyna bo'lishini taklif qildi: Birinchisi yozda, ikkinchisi - dekabr yoki yanvar oyida ikki hafta bo'ladi.


Italiyada qishki oyna yo'q edi. Do'kon mavsum boshlanishidan oldi yozda yopilgan va oktyabrda ochilib, 1 noyabrgacha davom etgan. Bunday uslubning o'ziga xos tomoni bo'lgan: Yozda xarid qilingan futbolchilarning kamchiligi bo'lsak, keraksizlar kuzda almashtirilar va butun mavsum uchun jamoa tuzilar edi. A Seriyada qishki oyna 1995 yilda paydo bo'ldi va 1 dekabrdan bir oyga ochilgan. 90 yillar oxiriga kelib oyna yanvarga ko'chdi.


Liga rahbariyati Veneyblsni qo'llab-quvvatladi, ammo mayda klublar yana ananaviy tizimni tanlashdi. G'oya unutildi. Alohida muhokamalar ham bo'ldi, ammo ish 90 yillar oxirigacha jiddiylashmadi. APL bosslari to'qqiz liga uchrashuvida hammasini tushunib etishdi. Keyingi ishlar tepada aytildi. UEFA umumiy transfer oynasini ishlab chiqishga kirishdi, ammo hammasi osondek ko'rinmadi: Piter Liver APLdan haydalganidan so'ng, liga transfer oynasiga qarshi chiqa boshladi.

Klublarga eski tizim yoqardi. Unga ko'ra, jamoalar aprel, maydan tashqari mavsumning istagan qismida transferlarni amalga oshira olardi. Futbolchilar xotirjamlik bilan bir jamoadan ikkinchisiga o'tishgan. Bu agentlarga katta ustunlik bergan, ammo bazi sabablarga ko'ra bundan klublar ko'proq foyda ko'rgan:

- Agar futbolchi o'ynab keta olmagan bo'lsa, uni istagan paytda sotishardi yoki ijaraga berishardi. SHu yo'l bilan uning maoshiga ketadigan pul tejab qolingan.

- Zaxiradagi keraksiz futbolchilarni ijaraga berib pul topishgan. Masalan, 94 yilning dekabrida "Oksford" "Arsenal"dan Jimmi Karterni ijaraga olgan. "Oksford" o'yinchini 23 dekabrda olib, 27-kuni asosiy raqibiga qarshi maydonga tushirdi, Karter gol urmadi, biroq juda yaxshi o'ynadi. 31 dekabrda esa ijara yakunlandi.

- O'yini ochilgan futbolchini xohlagan paytda olishgan. "Arsenal" shu yo'l bilan Ian Raytni (klub tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purar) sotib olgan. 1991/92 mavsum startida u "Kristal Pelas" safida 8ta uchrashuvda 5ta gol urgan edi, "to'pchilar" yanvarni kutib o'tirmay 24 sentyabrda transferni rasmiylashtirdi.

- Zaxirada ko'pchilik bo'lishi shart emas edi, chunki istalgan paytda jarohat olgan futbolchiga o'rinbosar xarid qilingan. Erik Kantona MYUda shunday paydo bo'lgan: Klub 1992 yilning kuzida jarohat olgan Dion Dablin o'rniga futbolchi qidirgan va Alan SHirerning rad javobidan so'ng franciyalikka murojaat qilgan. Kantona noyabr oxirigacha "Lids" safida 19ta uchrashuv o'tkazib, 11ta gol urgan edi, ammo u murabbiy bilan janjallashib, bor-yo'g'i 1,6 mln. funt evaziga "qizib iblislar"ga o'tadi. Mavsumning qolgan qismida gol+pas tizimi bo'yicha u 9+11 ochko ishladi, "Yunayted" esa chempion bo'ldi.

- Bitta o'yin uchun ham jamoani kuchaytirish mumkin bo'lgan, xuddi Karter hamda "Oksford" hikoyasidek.

- Etakchi futbolchilarni yozda ushlab qolib, mavsum o'rtasida ustiga narx qo'yib sotishdan yaxshigina pul ishlab olishi mumkin bo'lgan.


UEFA APLga qarshi chiqa oldi, ammo boshqa qiyinchiliklar ham bo'lgan. Transfer tizimini bekor qilishlari mumkin edi

2000 yilning yozida yana bir muammo paydo bo'ldi. Evrokomissiya transfer mablag'lari Rim kelishuviga qarshi deb hisobladi. Gap butun transfer tizimini yo'q qilish haqida ketayotgandi. Evroittifoq futbolda umumiy mehnat qoidalarini qo'llashni taklif qildi. Agar bu sodir bo'lganda, futbolchilar yaxshiroq bitim olsa, o'zi istagan paytda klubini o'zgartirishi mumkin edi.

UEFA va FIFA bu qaror futbol iqtisodiyotini yo'q qilishidan qo'rqishdi. FIFA Evroittifoqqa kelishuvlar kamida bir yillik bo'lishini, 24 yoshdan oshgan futbolchilar uchun tovon puli joriy etishni taklif qildi. Ortida top klublar va OAV turgan UEFA transfer oynalari bo'yicha taklif qiritdi. Bu tizim klublarni iqtisodiyot tomondan himoya qilardi.


Evrokomissiya takliflarni qabul qildi. 2000 yil oxirida Evropa mamlakatlari yangi qoidalar ostiga imzo chekishdi. Transfer oynasi esa 2002/03 mavsumdan ishga tushdi. Angliyani kelishuvga qo'shilishga majbur qilishdi.


"Ingliz klublariga eski qoidalar yoqardi. Yangi tizim hammasini qiyinlashtiradi. Bu bizga kerak emas. Qoidalarga qarshi edik, ammo UEFA bizga bosim o'tkazib, boshqa yo'l qoldirmadi" - degandi "Arsenal" vice-prezidenti Devid Deyn 2002 yilda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика