So’nggi yangiliklar

19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  0 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  7 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  12 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  22

Transfer oynasi. Muammosi bor klublarga 12 martdan keyin O'zPFL ham yordam bera olmaydi Yangiliklar

Transfer oynasi. Muammosi bor klublarga 12 martdan keyin O'zPFL ham yordam bera olmaydi

Teglar :  Coca Cola Superliga
Ayni damda transfer oynasi ochiq va u 12 martga qadar davom etadi. Klublar mavsum oldidan o'z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to'ldirib borishmoqda.

Klublar O'zPFLga kerakli hujjatlarni topshirib ulgurdimi? Musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Sardor Qudratullaevning taqdim etgan malumotlarga ko'ra, bazi klublar hujjatlarni rasmiylashtirish masalasida kechikmoqda.

“Aytish lozimki, bu yildan boshlab klublar MyLeague orqali elektron ro'yxatga olinmoqda. Hozirga qadar “Nasaf”, “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “So'g'diyona” va "Andijon" klublari bilan bog'liq kichik muammolar mavjud. Ular mazkur muammolarni bartaraf etish uchun harakat qilishmoqda. Mazkur klublar o'zlari uchun belgilangan muddatlarga ulgurmagan bo'lsalar-da, biz ularga qo'ldan kelganicha yordam bermoqdamiz. Ammo 12 martdan keyin ularga O'zPFL yordam bera olmaydi. Umid qilamizki, klublar mavsum startiga qadar barcha kamchiliklarni bartaraf etib ulgurishadi”, — deb aytib o'tdi S.Qudratullaev.

SHuningdek, “Nasaf”, “So'g'diyona”, “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Surxon” kabi klublarda qarzdorliklar mavjud.

Malumot uchun, shu yilning 5 fevral kuni O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita 7 ta futbol klubiga nisbatan legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun taqiq qo'ygandi. Ular orasidan “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Qo'qon-1912” futbol klublari legionerlar bilan bog'liq muammoni hal etdi. “So'g'diyona”, “Surxon”, “Oqtepa” va “Buxoro” klublariga nisbatan taqiq esa o'z kuchida turibdi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика