So’nggi yangiliklar

19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  0 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  8 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  7

Tragediyanavis "Turon"da Ashurmatovning faoliyati qay darajada bo'ldi? Yangiliklar

Tragediyanavis "Turon"da Ashurmatovning faoliyati qay darajada bo'ldi?

"Turon" ishtirokidagi o'yinlarni hakam hushtagining uch bora chalinguniga qadar tomosha qilmasdan iloj yo'q.

Yil davomida dam olish kunlari bir necha bor teatrga tushib turaman. Futbolni bevosita stadiondan ko'rib rohatlangan singari, Behbudiy bobomiz takidlagan ibratxonada ham sahna asarini jonli tomosha qilganga etmaydi. Ko'pchilikdan farqli ravishda choyxona yoki restoranlarda emas (u erlarga borishga imkoniyatim ham to'g'ri kelmaydi), madaniyat yoki sanat maskanlaridan kayf olaman. Yaxshi spektakl yoki filmlarda ko'pincha yakun mutlaqo o'zgacha tarzda ko'rinish oladi. Muhimi, o'sha asar sahna pardasi yopilguncha yoki ekranda "Tamom" so'zi chiqmagunga qadar sizni esnashga yoki o'rningizdan turib ketishga majbur qilmaydi. Joriy mavsum "Turon" ishtirokidagi o'yinlar ham mana shu tahlitda kechmoqda. To'g'ri, biroz bo'rttirib yuborgandirman, yaypanliklar o'yin davomida "tiki-taka" qo'llamaydi, ularning Ramosi ham yo'q, biroq vodiy klubi ishtirokidagi o'yinlarning hal qiluvchi lahzalari SHekspir asarlari singari tragediyaga aylanib ketmoqda. SHu sababli ham, turnir jadvalini oyog'ini osmondan qilganda, yaypanliklar peshqadamlar safidan o'rin egallagan. Aks holda, Baxtiyor Ashurmatovga chiqish eshiklari ko'rsatilmasdi. Keling, tragediyasevar ishqibozlar bilan Farg'ona klubining joriy mavsumdagi o'yinlardagi yakunlarni ko'rib chiqamiz. 

Bir yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan yaypanliklar dastlabki turda o'zi uchun ancha tanish jamoaga aylangan "Buxoro"ga qarshi maydonga tushdi. Yodingizda bo'lsa, ikkala jamoa Pro ligada ham rosa kurash olib borgandi. Dastlabki turdagi to'qnashuv ham Superliganing o'ziga xos derbilaridan biriga aylandi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanayotgan, qolaversa, buxoroliklar bir kishi kam bo'lib qolgan bir paytda uchrashuv yakuni arafasidagi Temur Ismoilovning zarbasidan so'ng biroz oldinga chiqqan Rahimjon Davronov to'pni parvozga yuboradi, ammo to'pning parvozi "Turon" posboni o'ylagandek bo'lmaydi va "raketa" yaypanliklar darvozasiga qulaydi. SHu tariqa, dastlabki o'yin ko'ngilsiz tarzda yakunlanadi. 

O'yindan keyin mag'lubiyatni bo'yniga olgan Baxtiyor Ashurmatov alamzada fikrlarini bildirdi.

"To'g'risi, shuncha ko'rgan tayyorgarligimiz, amalga oshirgan selekciyamiz, rahbarlar va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi – hammasini birgina o'yin yuvib yubordi. Afsuski, buni juda ham uyatli mag'lubiyat deb tariflasa bo'ladi. Bugun eng yomon uchrashuvimizni o'tkazdik".

Biroq uyatli mag'lubiyat kelgusi uchrashuvda ham takrorlandi. "Nasaf" maydonida kechgan bahs ham 1:1 hisobida nihoyasiga etayotgandi. 99-daqiqa qanotdan uzatilgan to'pga Husniddin Aliqulov bosh bilan zarba yo'llab, yaypanlik muxlislarning valerianka tabletkasini qidirib qolishlariga sababchi bo'ldi. SHunda ham Ashurmatov shogirdlarida 5-6 o'rinlar uchun kurasha oladigan salohiyatini ko'rayotganini takidladi. 

Uchinchi turda ham farg'onalik ashaddiy futbol ishqibozlari oyisidan qolgan toshonaylarni qidirib qolishgan bo'lsa, ajabmas. O'z maydonida kechgan "Surxon"ga qarshi bahsda SHohnazar Norbekovning goli evaziga mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Ammo uchrashuv yakuniga 5 daqiqa qolganda Azamjon Aliev o'z jarima maydonchasida Silvanus Nimelini yiqitdi va uchrashuv bosh hakami 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Jamalutdinov esa 88-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, stadionga g'alaba ilinjida kelgan minlab ishqibozlarning kayfiyatini fevral oyidagi havo harorati darajasiga keltirib qo'ydi.

To'rtinchi turda ko'pchilik ishtahasi ochilib borayotgan "Bunyodkor" maydoniga safar uyushtirgan turonliklarning mag'lubiyatini kutgandi. Biroq o'yin davomida mehmonlar raqiblariga qaraganda faolroq harakat qilishdi. SHunga qaramay, klub uchun qora daqiqalarda aylanayotgan o'yin yakunida "Bunyodkor" gol urishiga millimetrlar etishmadi. 90+4-daqiqada Izzatovning zarbasi dastlab to'singa tegib, qaytdi. Aks holda, "Turon" futbolchilari futbol vaqtini 90 daqiqa etib belgilagan kimsalarni qarg'ab o'tishardi ehtimol. 

Ashurmatov ham bunga o'z munosabatini shunday izhor qildi:  "Agarda gol o'tkazganimizda bormi, men ortga qaytmasdan, shu erda qolardim. Tasavvur ham qilolmayman, rosti..."

"Olimpik"ga qarshi keyingi bahs yakuni yuraklarni to'lqinlantirishga sabab bo'lmasa-da, natijaning o'zi dramaga aylandi. Qolaversa, uchrashuvdagi yagona golni ham "Turon" futbolchisi o'z darvozasiga joylab qo'ydi.

Navbatdagi bahs kubok doirasida yana "Buxoro"ga qarshi bo'lib o'tdi. Dastlab burchak zarbasi natijasida gol o'tkazib yuborgan yaypanliklar ananalariga teskari ravishda uchrashuv so'ngida raqib darvozasini ishg'ol qilishdi.


Ashurmatovning faoliyati qay darajada bo'ldi?

O'tgan yilning 9 oktyabrida "Turon" jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdievni lavozimidan ozod qildi hamda Baxtiyor Ashurmatovni bosh murabbiy etib tayinladi. Berdiev esa murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. O'shanda klub Pro liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgandi. 

Ashurmatov qo'l ostidagi ilk o'yinda klub o'z maydonida "Mashal" bilan durang o'ynadi. Mavsum yakunida esa jamoa uchinchi pog'onaga tushib ketdi va o'tish o'yinida ishtirok etadigan bo'ldi. 

Yaypanda o'tgan pley-off bahsida esa "Lokomotiv" mag'lub etildi hamda "Turon" Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Umuman olganda, "Turon" Ashurmatov qo'l ostida 12 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib (Superliga, Pro liga, o'tish o'yini; o'rtoqlik o'yinlari bundan mustasno), 4 g'alaba, 4 durang va 4 mag'lubiyat qayd etdi. Bugun tunda esa mutaxassis istefoga chiqarildi.

Ashurmatov qo'l ostida vodiyliklar Superligada yuqori samaradorlikka erishmagan bo'lsa-da, hujumkor hamda intizomli jamoa bo'lib shakllandi. Jumladan, klub 5 tur davomida chempionat ishtirokchilari orasiida eng kam fol qayd etdi (44 ta). SHuningdek, maydonga tushgan 5 o'yinning uchtasida zarbalar soni bo'yicha raqibini ortda qoldirdi. Biroq yuqorida tilga olganimizdek, klub qatnashgan o'yinlarning so'nggi daqiqalari O'zbekiston milliy terma jamoasining bir vaqtlar arab jamoalariga qarshi maydonga tushgan bahslarini yodga solaverdi.


Keyingi o'yinlar

“Turon”ni oldinda o'ta qiyin ikki vodiy derbisi kutib turibdi. Jumladan, klub dastlab chempionat peshqadami “Neftchi” mehmoni bo'lsa, so'ngra 3-o'rinda borayotgan “Navbahor”ni qabul qiladi. Biroq bu o'yinlar ham jamoa muxlislarining yuzida tabassum uyg'otishiga hech kim kafolat berolmaydi. 

 Xususiy klub o'z imkoniyatidan kelib chiqqan holda yomon o'yin ko'rsatmayapti. Men esa “Turon” spektaklining yakuni o'zbek ertaklari singari yaxshilik bilan tugashini istardim.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика