Toxir "Inter"dagi 31% akciyalarini Gonkong kompaniyasiga sotib yubordi
25 jan 2019 18:10
Yangiliklar


Toxir "Inter"dagi 31% akciyalarini Gonkong kompaniyasiga sotib yubordi
"Inter" egalaridan biri bo'lgan Erik Toxir klubdagi o'zining ulushini sotib yubordi.
31,05% akciyalar Gonkongning LionRock Capital investicion kompaniyasi tomonidan sotib olindi.
Kelishuv qanchaga tushgani malum emas, oldinroq Toxir o'z ulushi uchun 200 mln. evro talab qilgani elon qilingan edi.
"Biz sport biznesi rivojlanishiga optimistlik ruxida qaraymiz. "Inter"ning boy tarixi va katta potenciali bor.
LionRock Capital "Inter" g'oyalarini to'liq qo'llaydi" - deydi LionRock Capital egasi Kar Ken Tsen.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar