So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Totti eng yaxshi jamoadoshi kim bo'lganini oshkor qildi Yangiliklar

Totti eng yaxshi jamoadoshi kim bo'lganini oshkor qildi

Teglar :  Franchesko Totti
"Roma" jamoasi sardori Franchesko Totti o'zi bilan o'ynagan futbolchilar orasidan eng yaxshi jamoadoshi nomini aytdi.


- Men Antonio Kassanoni tanlardim. CHunki biz maydonda Antonio bilan yarimta so'z orqali bir-birimizni juda yaxshi tushunardik. Maydondan tashqarida ham munosabatlarimiz juda qalin bo'lgan. Antonio Kassano bu nafaqat Italiya futbolidagi eng yaxshilardan biri, balki Evropa futbolida ham o'z o'rniga ega bo'lgan. Kassano bu haqiqiy iqtidor egasi edi.

SHuningdek, men Batistuta va Montella bilan ham birgalikda to'p tepganman. Bu futbolchilar tarix yaratishgan. SHu bois ularni unutib qo'yish adolatdan bo'lmaydi. Batistuta va Montella bilan birgalikda o'ynash bu haqiqiy zavq edi. Bu ikki futbolchilar bilan bir jamoada o'ynash baxtiga muyassar bo'lganimdan juda xursandman.

Murabbiylar masalasiga keladigan bo'lsak, unda Zemanni alohida takidlayman. Ushbu mutaxassis bilan juda yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Ochiq aytadigan bo'lsam, men hech bir murabbiy bilan tortishib qolmaganman. CHunki men doimo murabbiylar aytgan ishni, talab qilgan mashqlarni to'liq bajarardim. Murabbiylarni barchasini birdek hurmat qilganman. "Roma"da hech bir murabbiy meni deb ishdan haydalmagan.
Klub har doim mustaqil ish yuritgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика