"Tottenxem"ning yangi stadioni qachon ochiladi?
11 dek 2018 14:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466645_original.jpg)
![](/upload/storage/466645_220.jpg)
"Tottenxem"ning yangi stadioni qachon ochiladi?
"Tottenxem" yangi stadionini foydalanishga topshirish borasida muammolarga uchramoqda.
"SHporlar" arenani tekshirish uchun kerakli testlarni o'tkazishga ulgurishmayapti. SHu sababli stadion ochilishi fevral oyida bo'lib o'tishi mumkin. Klub arenani 13 yanvar kuni, "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs bilan ochmoqchi edi, ammo endi bu stadiondagi birinchi mehmon 2 fevral kuni "Tottenxem"ga qarshi o'ynaydigan "Nyukasl" bo'lishi kutilmoqda.
Klub 6 ming muxlis uchun uyushtirmoqchi bo'lgan ekskursiya rejadan olib tashlangani yo'q.
Eslatib o'tamiz, London klubi o'z arenasini joriy mavsum oldidan foydalanishga topshirmoqchi edi, ammo turli sabablarga ko'ra bu amalga oshmadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar