"Tottenxem" yarim himoyachisi uchun PSJ o'zining ikki futbolchisidan voz kechishga tayyor
20 okt 2019 11:15
Yangiliklar
"Tottenxem" yarim himoyachisi uchun PSJ o'zining ikki futbolchisidan voz kechishga tayyor
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen yana bir klubning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Real", "Barselona" va "Yuventus"dan keyin 27 yoshli daniyalikka PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda, deb xabar beradi "Daily Mail". Parijliklar ham futbolchini ushbu mavsum yakunlanganidan keyin, u erkin agent bo'lganidan so'ng transfer qilmoqchi.
SHu boisdan PSJ Leandro Paredes hamda Yulian Drakslerni transferga qo'ymoqchi.
Oldinroq "Real" futbolchini qishdayoq sotib olmoqchiligi borasida malumotlar berilgandi. Biroq "shporlar" yaqin vaqtlarda o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar