"Tottenxem" xavbeki umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
25 jan 2024 02:12
Yangiliklar
"Tottenxem" xavbeki umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
Jeyms Meddison taxminan 2 oyni o'tkazib yubordi.
"Tottenxem" yarim himoyachisi Jeyms Meddison umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Meddison noyabr oyi boshida "CHelsi"ga qarshi o'yinda to'pig'idan olgan jarohati tufayli 2 oyga yaqin maydonga tusha olmagandi.
Jeyms Meddison joriy mavsum "Tottenxem" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar