"Tottenxem" xavbeki umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2024, 02:12
Jeyms Meddison taxminan 2 oyni o'tkazib yubordi.

"Tottenxem" yarim himoyachisi Jeyms Meddison umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi, deya xabar berdi Fabricio Romano.



Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Meddison noyabr oyi boshida "Chelsi"ga qarshi o'yinda to'pig'idan olgan jarohati tufayli 2 oyga yaqin maydonga tusha olmagandi.

Jeyms Meddison joriy mavsum "Tottenxem" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano