"Tottenxem" Vinisiusni ijaraga olmoqchi
01 okt 2020 10:41
Yangiliklar
"Tottenxem" Vinisiusni ijaraga olmoqchi
"Benfika" hujumchisi Karlos Vinisius "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.
Braziliyalik futbolchini "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'z jamoasida ko'rishni istamoqda va "Tottenxem" Vinisiusni 40 million evro evaziga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
London klubi braziliyalik futbolchi bilan oldinroq shartnoma imzolamoqchi edi, ammo bu amalga oshmagan. "Benfika" CHLdan chiqib ketganidan so'ng Vinisiusning narxi tushdi.
O'yinchi "Benfika"ga "Napoli"dan o'tgan yozda 17 million evro evaziga o'tgan va Portugaliya klubi bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgandi.
Futbolchi "Benfika" tarkibida 49ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 13ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar