"Tottenxem" Songa yangi shartnoma taklif qiladi
20 okt 2020 18:10
Yangiliklar


"Tottenxem" Songa yangi shartnoma taklif qiladi
"Tottenxem" vinger Son Xyon Minga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
London klubi rahbariyati 28 yoshli koreyalik futbolchining mavsum startidagi ishtirokidan mamnun bo'ldi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.
"SHporlar" Songa maoshini oshirib, yangi shartnoma taklif qilmoqchi. O'yinchi ayni damda Londonda haftasiga 150 ming funt maosh olmoqda. Vingerning "Tottenxem" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
20:59
APL. "Chelsi" minimal hisobda "Lester"ni taslim etdi, "Tottenxem" esa mag'lubiyatdan qutulib qoldi 3

Fikrlar