"Tottenxem" PSJ futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
15 iyu 2020 11:30
Yangiliklar


"Tottenxem" PSJ futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
PSJ himoyachisi Tiago Silva faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchini Londonning "Tottenxem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bosh murabbiyi Joze Mourinyu mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi. Muammo esa futbolchining yuqori maoshi bo'lishi mumkin.
Silva joriy mavsum PSJ safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Braziliyalik parijliklar safida 2012 yilning yozidan beri to'p tepadi. Transfermarkt futbolchini 4,8 million evroga baholagan.
Oldinroq, 35 yoshli futbolchiga "Arsenal" va "Everton" klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar