"Tottenxem" prezidenti Keynning transferi bo'yicha "Manchester Siti"ning qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi
18 avg 2021 13:10
Yangiliklar
"Tottenxem" prezidenti Keynning transferi bo'yicha "Manchester Siti"ning qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi hujumchi Xarri Keynning transferi bo'yicha navbatdagi taklif rad etilganidan so'ng "Manchester Siti" vakillarining qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi.
"SHporlar" rahbari Keynning 125 million funtlik transferini rad etdi. "Siti" shuningdek bitimga o'z futbolchilaridan birini qo'shishga tayyor edi.
Keyn o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 16ta assist qayd etdi.
U "Tottenxem"ning APL yangi mavsumi ilk turi doirasidagi "Manchester Siti" (1:0)ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Fikrlar