So’nggi yangiliklar

11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  0 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  1 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  13 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  4 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  10 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  3 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  20 23:13Тер Штеген операция қилинади  1

“Tottenxem” kelajagini kim bilan quradi? Yangiliklar

“Tottenxem” kelajagini kim bilan quradi?

“SHporlar” joriy mavsumda qoniqarsiz natijalar qayd eta boshlagach, jamoa ustozi Maurisio Pochettinoning kursisi qimirlab qoldi.

Agar “Tottenxem” APL 13-turi doirasidagi London derbisida “Vest Xem”ga qarshi qoniqarli natija qayd etolmasa, argentinalik mutaxassis o'z lavozimidan ozod qilinadi. Ehtimolki, shunday bo'ldi. U holda jamoa boshqaruviga kim keladi? Quyida “Tottenxem” rahbariyatining qisqa ro'yxatida turgan mutaxassislar bilan tanishing.

Garet Sautgeyt – Angliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi. 

U mamlakatning bosh jamoasiga qadar yoshlar terma jamoasida ( Angliya U-21, 2013-16) faoliyat olib borgandi. Sem Ellardays vazifasidan ozod qilingach, Agliyaning asosiy jamoasi boshqaruv pulti Sautgeytning qo'liga o'tdi. Bu ijobiy samara bermay qolmadi. 1970 yilda tug'ilgan mutaxassis boshqaruvi ostida Angliya terma jamoasi JCH-2018 da o'ynadi va u erda inglizlarning 1990 yildan keyin eng yaxshi natijasi qayd ettildi (4-o'rin).

SHu o'rinda aytish lozimki, Garetning “Tottenxem”ga munosibligiga shubha yo'q, ammo mutaxassis terma jamoa postini tashlab ketmasa kerak. Zero, u so'nggi yillarda ajoyib yigitlardan iborat ajoyib jamoa shakllantirdi va bu yigitlar kelasi yirik musobaqalarda favoritlar qatorida etirof etilmoqdalar. SHunday ekan, Sautgeyt o'zi pishirgan oshni boshqa birovga edirib qo'ymasa kerak.


Eddi Xau – “Bornmut” klubi bosh murabbiyi. 

1977 yilda tug'ilgan mutaxassis 11 yillik faoliyati davomida hech qachon istefoga chiqarilmaganidan xabaringiz bor. U futbolchi va murabbiy sifatida faoliyatining katta qismini “Bornmut” safida o'tkazdi, o'tkazmoqda. Angliyalik mutaxassis 2012 yilda jamoani qabul qilib oldi va “Bornmut” o'z tarixida ilk bor 2014-15 yilgi mavsumda APL yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Agar Eddi Xau “Bornmut”ga nisbatan sadoqatidan voz kecha olsa, Londonda yaxshi jamoa shakllantirishiga shubha yo'q.


Yulian Nagelsmann – atigi 32 yoshda, ammo germaniya fubolidagi salmoqli nomlardan biriga aylanib ulgurdi.

Ehtimol, uning muvaffaqiyatlariga sabab qilib og'ir jarohat tufayli 21 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ko'rsatishimiz to'g'ri bo'lar. U “Xoffenxaym”da muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi, jamoa bilan Bundesligada 4-o'rinni qo'lga kiritdi va “Qishloqilar” tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgani holda jamoaga ECHL yo'llanmalarini taqdim etdi. Oqibatda, 2016-17 yilgi mavsum yakuniga ko'ra Germaniyada eng yaxshi deb topildi. Eslatib o'tamiz, Nagelsmann bugungi kunda “RB Leypcig” klubi bosh murabbiyi sanaladi.


Massimilliano Allegri – o'tgan mavsum yakunlangach, o'ziga o'zi tanaffus elon qilgan mutaxassis. 

Ko'plab klublarda ishlagan murabbiy faoliyatining cho'qqisiga Italiya grandlari – “Milan”( 2011 yilgi Skudetto va Superkubog) va “Yuventus” (ketma ket beshta Skudetto, ikkita ECHL finali, to'rtta Italiya kubogi) bilan erishdi. Eslatib o'tamiz, yozda Allegri “Keksa sinora”ni tark etgach, “Real”, “Bavariya”, MYU kabi ko'plab top klublar mutaxassisning xizmatlariga ehtiyoj sezdi.


Joze Mourinyu – Allegri singari ishsiz yurgan mutaxassislardan biri. Mazkur mutaxassisning tarifi shart emas. 

U shundoq ham doimiy etibor markazida yuradi. 2018 yilning dekabrida MYUdan ketgach, TVda ekspert sifatida ish boshladi.Portugaliyalik mutaxassis hamon o'ziga mos klub izlamoqda. Ehtimol, “Tottenxem” uning yangi jamoasiga aylanar. Portugaliyalik mutaxassis faoliyatida ro'y bergan noixtiyoriy tanaffusdan yanada kuchliroq bo'lib qaytishiga shubha yo'q.

Pochettino esa 2014 yildan buyon London klubini boshqarib kelmoqda. U “Tottenxem”ni yuqori cho'qqiga (ECHL finali) olib chiqdi. Balki, endi uning Londondagi missiyasi yakunlangan bo'lishi mumkin. Buni esa birozdan keyin bilib olishimiz mumkin.

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика