"Tottenxem" hujumchisi Son mashg'ulot vaqtida hushidan ketdi
12 iyu 2022 19:24
Yangiliklar
"Tottenxem" hujumchisi Son mashg'ulot vaqtida hushidan ketdi
Janubiy koreyalik futbolchi Son Xyon Min jamoa mashg'ulotlari vaqtida hushini yo'qotdi.
Futbolchi Janubiy Koreyadagi mavsumoldi turne chog'ida yomon holatga tushib qoldi, deb xabar berdi "Daily Mail".
Jamoa 30 daraja issiqda mashg'ulot o'tkazdi, mashg'ulotning o'zi esa bir yarim soatdan ortiq davom etdi. Unda Son Xyon Min o'zini juda noqulay his qila boshladi va maysaga yiqildi.
Nashrning yozishicha, hujumchi Harri Keyn ham noqulay vaziyatga tushib, qayd qilib yuborgan.
Angliya OAVning keltirishicha, Antonio Konte mashg'ulotlarda yuklamalarni oshirib yuborgani tufayli ko'plab futbolchilarning mazasi qochgan.
Fikrlar