O'zbekiston terma jamoasi JCH tayyorgarligi doirasida "Neftchi"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazmoqda

Оқил Абдубарноев
16 may 2026, 18:30
2026 yilgi Jahon chempionatiga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirmoqda.

Rejaga muvofiq, "oq bo'rilar" bugun Superliganing yana bir vakili Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Yopiq eshiklar ortida o'tayotgan bellashuv 18:00 da start olgan.

Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro boshchiligidagi milliy jamoamiz ushbu yig'in doirasidagi dastlabki sinov bahsini "Surxon" klubiga qarshi o'tkazib, 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritgan edi.

Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, mashg'ulotlarning keyingi bosqichida futbolchilar 22 may kuni ikki tarkibga bo'lingan holda tomoshabinlar qarshisida ochiq o'rtoqlik o'yini ham o'tkazishi belgilangan.

Bugungi nazorat bahsida Islombek Ismoilov murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi quyidagi tarkibda harakat qilmoqda:

Asosiy tarkib: Akbar To'raev, Izzatillo Po'latov, Anvar G'ofurov (s), Boyan Ciger, Abror Ismoilov, Ratino, Ikrom Aliboev, Yovan Jokich, Xurshid G'iyosov, Vladimir Yovovich, Stipe Perica.

Zaxira vakillari: Abdumo'min Nurmuhammadov, Muhsin Ubaydullaev, Muhammadqodir Rasuljonov, Azizbek Erimbetov, Rustambek Fomin, Daler Tuxsanov, Asilbek Jumaev, Zoran Marushich.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia