"Tottenxem" himoyachisi Rouz "Trabzonspor"ga o'tishga yaqin
01 fev 2021 10:30
Yangiliklar


"Tottenxem" himoyachisi Rouz "Trabzonspor"ga o'tishga yaqin
"Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
30 yoshli angliyalik futbolchi "Trabzonspor"ga o'tishga yaqin, klub unga 3,5 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Rouz joriy mavsum "shporlar"ning hech bir musobaqasi uchun qaydnomadan o'rin egallamadi, u zaxira jamoasida o'ynamoqda.
Himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Nyukasl"da o'tkazgan edi. Uning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Rouzni "Vest Bromvich" ham xarid qilmoqchi edi, ammo o'yinchi chet el klubiga o'tishni afzal ko'rdi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 26
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar