"Tottenxem" Bergveynning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
28 jan 2020 13:46
Yangiliklar


"Tottenxem" Bergveynning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
PSV hujumchisi Stiven Bergveyn qishki transferlar oynasida "Tottenxem" o'yinchisiga aylanishi mumkin.
"SHporlar" niderlandiyalik vingerning transferi borasida kelishuvga erishdi va bitim tez orada tuziladi.
Transfer narxi 32 million evroga baholanmoqda.
Qayd etilishicha, 22 yoshli o'yinchi London jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Bergveyn joriy mavsum PSV libosida 29ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 13ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar