So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Toshkentdagi "tomosha" tahlili Yangiliklar

Toshkentdagi "tomosha" tahlili

Teglar :  PaxtakorNavbahor
"Afsuski "Navbahor" bilan o'yinlarda futboldan ko'ra janjallar ko'proq bo'lmoqda",- degan edi SHota Arveladze 2020 yilgi mavsumda.

Albatta gruziyalik futbol afsungarining fikrlariga qo'shilmaslikning iloji yo'q. U o'sha vaqtdagi holatdan kelib chiqib aytgan. Lekin bugungi kunda ham bu davom etayotgani achinarli. Esingizda bo'lsa, 2019 yil TTYMIda dastlabki turda "lochinlar"  "Qo'qon -1912"ga qarshi maydonga tushgandi. O'sha bahsda ham kechagiga o'xshash scenariy takrorlangani yodimda. Muxlislar matbuot anjumani xonasigacha bostirib kirgandi. Faxriddin Ro'ziev aytganidek MTRK mashinasiga zarar etishi, video murojaatlar va hokazo. Maydon atrofida bo'layotgan jarayonlar o'z yo'liga. Bugun maydon ichidagi yani o'yin haqida to'xtalmoqchimiz. 


Paxtakor

Dragan CHeran - 83'

Superliga. 4-tur

01/04/2022, 19:00

0
:
1
Tugadi

Navbahor

45'
90'
80'  Mirzhahon Mirahmadov (Oliver Sharkich)
83'  Dragan CHeran
83'  Oliver Sharkich
88'  Farrux Sayfiev
90'  Azizbek Turg’unboyev (Sherzod A’zamov)
90'  Xojimat Erkinov (Sardor Rashidov)
65'  Elguzha Grigalashvili (Asadbek Sobirzhonov)
65'  Azim Ahmedov (Nurillo To'xtasinov)
70'  Jamshid Iskanderov
75'  Jamshid Boltaboev
86'  Jamshid Boltaboev (Ibrohim G'anixonov)
86'  Zoran Marushich (Islom Kenzhaboev)

1. Tarkib 

Samvel Babayan ushbu o'yinga odatdagidek tarkibni tanladi. Himoya chizig'i Ashurmatov va Golban, ikki qanot himoyachilari Andreev va Hoshimov. Yarim himoyachi vazifasini ijro etuvchilar Azim Ahmedov va Yovan Jokich. Jamshid Iskanderov erkin futbolchi. Elguja o'ng qanotdan, markazda o'ynashga odatlangan Jamshid Boltaboev chap qanotdan o'rin olgan bo'lsa, bitta sof hujumchi bo'lib Marushich harakat qildi. "Paxtakor"da Aliboev diskvalifikaciyada ekanligi bois CHeran hujumchi ortida, Mirjahon Mirahmadov sof forvard rolida maydonga tushdi. Qolgan chiziqlarda jiddiy o'zgarishlar qilinmadi.  Raqib himoyachilari shu kuni CHeranga imkoniyat bermaslik, uni to'psiz qoldirish payida bo'lishdi. Mana shu omil bois aksariyat vaziyatlarda to'p Mirjahon Mirahmadovgacha CHeran orqali etib bormadi. Markazdan yorib o'tishning iloji bo'lmadi. Demak bunday pallada qanotlar ishga tushishi kerak. Amalda ham shunday bo'ldi. Xojimat Erkinov o'zining qanotidan keskinlik yaratishga urinib ko'rdi. Aynan Erkinov Mirahmadovni to'p bilan taminladi. Ko'proq kuchni markazga bergan "lochinlar" qanotlardagi bo'sh zonalarni yopishga ulgurishmadi. 



2. Penalti haqida

Ikkinchi bo'limning 57-daqiqasida etiborni tortadigan vaziyat yuzaga keldi, deya olamiz. Jarima maydonchasi ichida Davron Hoshimov va Farruh Sayfiev to'qnashuvi bo'ldi. SHaxsiy fikrim shuki, Hoshimov Sayfievga tegingani yo'q. "Paxtakor" futbolchisi guyoki penalti ishlashga uringandek. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurillaev "VAR" orqali vaziyatni qayta ko'rib o'yinni davom ettirishni buyurdi.  Lekin ikkinchi tomoni borki, mana bu kadrda Davron Hoshimov biroz oyog'i bilan tegingani ko'rinmoqda. 



Ikkinchi kadrda esa aksincha. 



3. SHarkich va Dragan


Yuqorida aytganimdek bu o'yinda "Paxtakor"ning vingerlari katta sahnaga chiqdi. 83 daqiqa o'tib borayotgan paytda Erkinov zaxiradan qo'shilgan SHarkich bilan kombinaciya tashkil qildi.  SHarkich jarima maydonchasida yolg'iz qoldirilgan CHeranga to'pni juda qulay tarzda uzatdi va gol. Slavche Voyneski jamoaga kelgach ko'p hollarda CHeranni hujumchi poziciyasiga qo'yapti va bu samara keltirmoqda, deyishimiz mumkin. CHunki SHarkich hali to'liq formada emas, Mirjahon Mirahmadov jamoaga moslashyapti. CHeranni sof hujumchiga aylantirish qanotlarda faollikni yuzaga keltirmoqda. Ikkita vingerlar ko'proq to'pni erdan yoki yuqoridan CHeranga uzatishdi. 



Gol bo'lgan vaziyatda "Navbahor" himoyachilari poziciyalarini egallashda juda sekin harakat qilishdi. Markaz bo'sh qoldirildi.



Yuqorida ham takidladim, qanotda erkinlikning berilishi yakunda qimmatga tushishi kutilayotgandi hisob. SHarkich oldinga ketayotgan Xojimatga to'pni uzatdi. U tezkorlik bilan qadam tashlab to'pni SHarkichning o'ziga qaytardi. Oliver Boltaboevni bir harakat bilan aldab to'pni ochilayotgan CHeranga oshirdi. 



Dragan CHeran: "Navbahor"ga urilgan golda 95 foiz ishni SHarkich qilib berdi"


4. Statistika 


Mezbonlarning o'yin davomida umumiy 9 bor darvozaga zarba yo'lladi, shularning 3tasi aniq borgan. Uchta zarbadan bittasi gol.  "Navbahor"da bu ko'rsatgich 5/1. Yani raqib darvozasiga 90 minut davomida bitta aniq zarba bera olgan. Xavfli hujumlar tashkil qilishda ham ustunlik  "Paxtakor" tomonida. 67  - 46.  



5. Muxlislik madaniyati 


O'zim ham paytida muxlis bo'lganman. SHu bois ularning o'yin davomidagi hissiyotlarini to'g'ri qabul qilaman. Mana shu narsa kerak va shart. SHundoq ham dastlabki turlardagi sokinlikdan havotirlar orta boshlagandi.  O'yinda jamoangizni istagancha qo'llab - quvvatlang, maydonni jumbushga keltiring. Lekin birozgina madaniyatga rioya qilsangiz bas. Bu barcha ishqibozlarga tegishli. 



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика