So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  2 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Toshkentdagi Osiyo CHempionati nimalari bilan yodimizda qoladigan bo'ldi? (TOP-5) Yangiliklar

Toshkentdagi Osiyo CHempionati nimalari bilan yodimizda qoladigan bo'ldi? (TOP-5)

Toshkentda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha XIV Osiyo CHempionati ham yakuniga etdi.

11 kun davomida bizga bayram kayfiyatini ulashgan ushbu turnir nimalari bilan yodda qoldi? Biz ushbu turnir davomida bo'lib o'tgan eng yodda qolarli holatlarni yana bir marotaba, reyting ko'rinishida sanab o'tishga qaror qildik.

5. Yuqori saviyadagi tashkilotchilik
Mamlakatimiz anchadan beri bunday saviyadagi turnirga mezbonlik qilmagandi. Musobaqa Kolumbiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun saralash turniri vazifasini ham bajargani uchun turnir yuqori saviyada tashkil etildi. Turnirning ochilish marosimi, Sevara Nazarxonning tashrifi, taqdirlash marosimlari ham yodda qoladigan jihatlari bilan ajralib turdi. (SHuni takidlab o'tish lozimki, futzal bo'yicha Osiyo CHempionati so'nggi 10 yil ichida 3-marta Toshkentda bo'lib o'tdi)




4. Yaponiyaning sharmandali ishtiroki

Kunchiqar yurt vakillari ushbu turnirgacha so'nggi bo'lib o'tgan ikkita Osiyo CHempionati g'oliblari hisoblanardilar. Ammo, lekin, biroq... Guruh bosqichida barchasi ko'ngildagidek kechdi. CHorak finalda Vetnam terma jamoasi ro'baro keldi. Jamoa kutilmaganda vetnamliklarga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHundan so'ng amaldagi chempionlarning beshinchi o'rin uchun kurashishlari kutilgandi.  Lekin, beshinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan pley-off o'yinida jamoa Qirg'iziston terma jamoasiga yirik – 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va shu tariqa JCH yo'llanmasidan quruq qoldi.




3. Vetnam jahon chempionatida
Turnir boshlanishidan oldin ko'pgina mutaxassislar asosan 4 ta terma jamoani imkoniyatini yuqori baholayotgandilar. Biroq, chorak finalda Yaponiya terma jamoasini mag'lub etgan vetnamliklar uloqni ilib ketishdi. Jamoaning Yaponiyaga qarshi o'tkazgan uchrashuvini hisobga oladigan bo'lsak, terma jamoa haqli ravishda yarim finalga yo'llanma oldi.



2. Eron 11 karra Osiyo CHempioni
Eronliklar azaldan Osiyoda “futzal qirollari” hisoblanadilar. Nafaqat Osiyoda, balki jahon bo'yicha ham qitadoshlarimiz etakchilardan biri sanaladilar. Terma jamoa ushbu turnirda finalgacha deyarli qiyinchiliksiz etib keldi. Hal qiluvchi o'yinda esa mezbon terma jamoa – O'zbekistonga qarshi bahs olib borildi va 2:1 hisobida g'alaba qozongan forslar 11-marotaba Osiyo CHempionligini qo'lga kiritdilar. Terma jamoa etakchilaridan biri Asqar Hassanzoda esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



1. O'zbekiston nihoyat jahon chempionatida!
O'zbekistonlik futzalchilar bungacha ham Osiyo chempionati yarim final bosqichida bir necha marta ishtirok etganlar. Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, yurtdoshlarimiz ushbu turnirgacha 3 marta kumush (2001, 2006, 2010), 3 marta bronza (2005, 2007, 2014) medallarini qo'lga kiritishgan. Ammo, ushbu turnirlarning hech qaysisi JCH yo'llanmasini hal qilmagan edik. Mana nihoyat, ushbu musobaqada futzalchilarimiz o'z oldilariga qo'yilgan vazifani qoyilmaqom qilib uddaladilar: guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etildi. CHorak finalda esa Iroq terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba vakillarimizga Kolumbiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini taqdim etdi.


Yarim finalda kuchli jamoalardan biri Tailand mag'lub etildi. Afsuski, hal qiluvchi final bahsida omadsizliklar tufayli Eron terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Yigitlarimizga esa finalda ko'rsatgan hujumkor o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirib o'tamiz. Vaholanki, turnir davomida Eron terma jamoasini hech kim bunday qiyin ahvolga solib qo'ymagandi.

Asosiysi, vatandoshlarimiz sentyabr oyida Kolumbiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadilar! Barcha-barchasi uchun rahmat! Olg'a, O'zbekiston!


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика