So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  28 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  38 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  109 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1029 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Toshkentda Xalqaro futbol kuni nishonlandi Yangiliklar

Toshkentda Xalqaro futbol kuni nishonlandi

Teglar :  Xalqaro futbol kuni
Dunyo bo'ylab barcha futbolchilar, mutaxassis va muxlislar tomonidan 10 dekabr sanasi Xalqaro futbol kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ikki ming yillik o'tmishga ega mazkur sport turi tarixiy manbalardagi malumotlarga ko'ra qadimiy Xitoyda paydo bo'lgan. Uning zamonaviy ko'rinishi esa Angliyada shakllandi va bir qator mamlakatlarda keng ommalasha boshladi. Bora-bora xalqlar, mamlakatlar o'rtasida qita va jahon birinchiliklari yo'lga qo'yildi.

O'zbek xalqi futbol bilan XX asr boshlarida shug'ullana boshlagani va o'zbek futboli tarixidagi ilk jamoa Qo'qonda tarkib topdi. SHundan so'ng, O'zbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo bo'ldi va mamlakat birinchiligi bahslari ham o'tkazila boshlagani haqida tarixiy manbalarda malumot beriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 10 dekabr – Xalqaro futbol kuni sifatida futbol bayrami sifatida qayd etilgan.

Ushbu kunda O'zbekiston futbol associaciyasi vakillari Toshkent shahar "B" ligasi final uchrashuviga tashrif buyurdi. Mirobod tumani IBO'SM maydonida 2007-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat “SHtutgart” va CHilonzor BO'SM jamoalar o'rtasidagi hal qiluvchi bahs bo'lib o'tdi. Unda “SHtutgart” futbolchilari g'alaba qozondi va chempionlikni qo'lga kiritib, “A” liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bahslar yakunida O'FA vakillari Xalqaro futbol kuni munosabati bilan “SHtutgart” jamoasi hamda namunali BO'SM va IBO'SM murabbiylari va tarbiyalanuvchilariga futbol to'plari va sport anjomlari sovg'a qildi.




Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика