So’nggi yangiliklar

16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2

Toshkentda tug'ildi, "Spartak" yulduziga aylandi, keyin to'satdan g'oyib bo'ldi. Andrey Pyatnickiy hozir qaerda? Yangiliklar

Toshkentda tug'ildi, "Spartak" yulduziga aylandi, keyin to'satdan g'oyib bo'ldi. Andrey Pyatnickiy hozir qaerda?

1990 yillar boshidagi unutilmas "Spartak"ning har bir chizig'ida o'z ishining ustalari, yorqin va taniqli nomlar jam bo'lgandi.

Ularning fonida Andrey Pyatnickiy ajralib turardi. Mehnatsevar, harakatchan va aqlli xavbek klub ustozi Oleg Romancev uchun haqiqiy yulduz, jamoatchilikning sevimli o'yinchisiga aylandi. Ammo faoliyatini erta yakunlab, ko'zdan g'oyib bo'ldi. Nima uchun?

Faoliyatining boshlanishi, harbiy xizmat va "Paxtakor"

Pyatnickiy O'zbekistonda tug'ilgan. Bo'lajak futbolchining ota-onasi 1966 yilgi zilzila natijasida vayron bo'lgan Toshkentni qayta tiklashga safarbar qilinganlar orasida edi. Andreyning faoliyati mahalliy "Start" jamoasida boshlandi. Pyatnickiy 17 yoshida respublikaning asosiy jamoasi – "Paxtakor" tarkibiga qo'shildi va bir mavsum o'tkazdi. Bu orada ommaga tanilishga ulgurgan Andrey CSKAga "taklif qilingan". "Armiyadan qochib bo'lmaydi, – hazillashadi Pyatnickiy. – Men darhol u erga borishga qaror qildim".

O'zining takidlashicha, Andrey CSKAda atigi bir yil yaxshi o'ynagan. Uni poytaxtga taklif qilgan Yuriy Morozov keyingi mavsum Pyatnickiyni zahiraga oladi (yil davomida faqat 7 ta o'yin o'tkazadi). Qolishi uchun qilingan barcha harakatlarga qaramay, Pyatnickiy xizmat muddati tugashi bilan klubni tark etadi. U hatto leytenant unvoniga ham aldanmagan. Albatta, CSKAdan chiqib ketish qiyin bo'lgan. "Morozov juda uzoq baqirdi, meni xizmat muddatim tugaganida (kuz) emas, 31 dekabrda qo'yib yuborishga vada berdi", – eslaydi Andrey.

O'yinchining xotirlashicha, u Moskva "armiyachilar"i tarkibida 2 yil o'zini bemorlardek his qilgan. Keyin uyga qaytdi. Mahalliy "Paxtakor"ni yuqori divizionga qaytarmoqchi edi. "CSKAni tark etganimda Kievdan, "Spartak"dan jozibali takliflar bo'ldi… Ammo men aniq maqsad bilan Toshkentga qaytdim: 3 yil ichida "Paxtakor"ni yuqori ligaga olib chiqish", – o'z tanlovini tushirntiradi. 1991 yilda "Paxtakor" "yuqori"ga qaytdi. Pyatnickiyning vazifasi yakunlandi.

Pyatnickiy "Deportivo"ga ketishi mumkin edi

O'sha mavsum SSSR chempionatlari tarixidagi so'nggisi edi. Mamlakat parchalanib ketdi, har bir respublika o'z turnirini yaratdi. MDH chempionatini tashkil etish g'oyasi bor edi (terma jamoa shunday nom bilan "Evro-1992"ga yo'l oladi), ammo Moskva klublari unda ishtirok etishdan bosh tortishdi. Tegishli memorandum "Spartak", CSKA, "Torpedo", "Dinamo" va "Lokomotiv" tomonidan imzolandi. "Keyin hamma tarqaldi. MDH chempionatining tuzilishi va sxemasi haqida aniq tasavvur ham yo'q, shuningdek, uning oxirigacha o'ynalishi ham gumon ostida edi", – eslaydi afsonaviy futbolchi, keyinchalik "Futbol-xokkey" haftaligi bosh muharriri Viktor Ponedelnik.

O'zbekiston chempionati Pyatnickiy darajasidagi futbolchini qiziqtira bilmadi. Andreyning so'zlariga ko'ra, o'sha mavsumda "Paxtakor" raqiblarini 2 xonali hisoblarda mag'lub qilgan. Futbolchi "Spartak"da ko'rinish berdi. Pyatnickiy o'zi bilmagan holda "Deportivo"ga borib qolishi ham mumkin edi. Yolg'iz emas, Oleg Romancev bilan birgalikda.

Romancevning "Men va "Spartak" to'g'risida haqiqat" nomli avtobiografiyasida ispanlar bilan muzokaralarda qatnashgan Aleksey Prudnikovning shunday so'zlari bor: "Romancev "Deportivo" o'yingohiga olib ketildi, murabbiylar shtabi bilan tanishtirildi. U erda Arsenio Iglesias ham bor edi. U haqiqatan ham Romancev bilan birga ishlashni, unga yordam berishni xohlardi. Biz shtabga Dasaevning tarjimon-murabbiy sifatida kirishiga, u o'zi bilan 2 futbolchi - Kulkov va Pyatnickiyni olib kelishi kelishib oldik. Andrey hali "Spartak"da o'ynamas, ammo Romancevning etibori jalb qila bilgandi".

Biroq, yakunda na Romencev Ispaniyaga bordi (jurat qilolmadi), na Pyatnickiy. Ular 1992 yilda Tarasovkada birlashishdi.

"Men Romancevning yoniga kelganimda, shunday degandi: jamoa yo'q, to'plashimiz kerak. SHundan keyin men va Esaulenko ("Spartak" vice-prezidenti) jarayonga qo'shildik. "Paxtakor"dan Pyatnickiy va Kechinovni, Odessadan Cimbalar va Nikiforovni taklif qildim", — eslaydi Aleksandr Tarxanov (Romancevning "Spartak"dagi yordamchisi).

Andrey muvaffaqiyatsiz boshladi – ham o'yin, ham psixologik tomonlama muammolari bor edi. Agar "Paxtakor"da u himoyaviy futbol o'ynagan bo'lsa, "Spartak"da hujumga yaqinlashdi. Jamoaga moslashishga qiynaldi: u "kolxozda tentirab yurganida", jamodoshlari "Real" va "Napoli"ni mag'lub qilgandi.

Bir necha oydan so'ng Andrey muhitga ko'nika boshladi. Bunda Romancevning Pyatnickiy va Ledyaxovning o'rinlarini almashtirish to'g'risidagi qarori muhim rol o'ynadi. Birinchisi tayanchga qaytdi, ikkinchisi yuqoriroqqa ko'tarildi. 

Pyatnickiy "Spartak"dagi birinchi mavsumida 23 o'yin o'tkazdi (5 gol). Keyingi yil uning natijalari yaxshilandi: 39 uchrashuv, 14 gol va 12 ta samarali uzatma. Andrey "qizil-oqlar" uchun dramatik ruhda o'tgan UEFA kubok g'oliblari kubogida "Liverpul", "Feyenoord" va "Antverpen" darvozasini ishg'ol qildi. Rossiya terma jamoasiga chaqirildi va 1994 yilgi mundialga safarbar qilindi. Yillar o'tgach, Valeriy Karpin top-5 rossiyalik futbolchilarni sanayotganida Pyatnickiyni ham eslab o'tdi. "Biz birga o'ynaganmiz, men uning imkoniyatlarini bilaman. Ehtimol, u o'z qobilyatini to'liq anglay olmadi", – tan oladi Karpin.

Jarohat, pasayish va yakun

O'tgan asr oxirida aksar spartakchilar singari Pyatnickiy ham xorijga ketishi mumkin edi. Ammo bu amalga oshmadi – jarohat xalal berdi. 1995 yilning mayida milliy jamoa o'yinida maydonga tushgan Andreyning to'pig'iga shikast etdi. U yaxshi bilgan "Lujniki" arenasi o'ziga pand berib qo'ydi. "Oyog'imni qo'ygan joyim sirt tomondan tekis ko'ringan, ammo qandaydir chuqur bor edi", – eslaydi Pyatnickiy. U eng yaqin shifoxonaga etkazildi.

Keyinchalik malum bo'ldiki, Andrey jiddiy oqibatlarning oldini olishga ko'maklashadigan shoshilinch jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'lgan. SHifokorlar buning o'rniga uzoq muddatli davolanish va tiklanish tartibini joriy qiladi. So'ngra Pyatnickiyni oyoq mushaklari qiynaydi, futbolchining mashg'ulotlariga xalaqit beradi. Tarxanov shunday eslaydi: u juda talabchan va o'ziga nisbatan tanqid ko'zi bilan qarardi. Bazan o'tkinchi o'yinlardan keyin ham asabiylashar va o'zini koyirdi: Men yomonman, hech narsa o'xshamayapti. "Spartak"da o'ynashga loyiq emasman". SHunday paytlarda uni ovutishim kerak edi.

Pyatnickiy har qanday tanqidga nisbatan og'riqli munosabatda bo'lardi, xoh tribunadagilarning hushtaklari bo'lsin yoki gazetadagi fikrlar. Vaqt o'tishi bilan o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotdi va tarkibdan chiqib ketdi. Ehtimol, tizim bilan kelisholmagani ham tasir qilgandir. Jamoa yig'ilishlaridan birida Igor Ledyaxov deyarli "Spartak"dan haydaldi. U so'nggi intervyusida o'sha vaziyatni esladi: "Romancev men haydalganimni elon qildi. So'nggi qatorda o'tirgan Pyatnickiy o'rnidan turib: "Oleg Ivanovich, gapirsam maylimi?". Romancev hayron qoldi: "Ha, Andrey, gapir". Pyatnickiy: "Ledyaxovni kafillik evaziga olib qolsam bo'ladimi?" Jamoa, hatto Romancev ham chidab turolmadi - kulib yubordi. U qo'lini silkitdi: "Yaxshi, mashg'ulotga".

U "Spartak"dan ketishi bilan katta futbolni ham deyarli tark etdi. 30 yoshda. Sobiq jamoadoshi Kulkov Andreyni "Sokol"ga (Saratov) chaqirdi. Pyatnickiy jamoada bo'g'inlarni tiklovchi mutaxassis borligi tufayli taklifni qabul qiladi. Bir gal zahiradan tushib gol ham uradi, ammo jarohat qaytalagach, o'zi uchun mavsum yakunlanganini his qiladi.

Andrey Pyatnickiy hozir nima bilan shug'ullanmoqda?

Faoliyatining oxiri Andrey uchun hayotining og'ir damlariga to'g'ri keldi. Faxriylarning turnirlarida ozgina pul ishladi. 2002 yilda Pyatnickiy shunday degandi: "Agar men Germaniya terma jamoasida o'ynaganimda va u erda jiddiy jarohat olganimda, ehtimol, menga qandaydir yordam yoki penciya tayinlanardi. Bizda esa bunday anana yo'q".

Pyatnickiy malum vaqt "Spartak" akademiyasida faoliyat yuritdi. 2019 yilda "Ximik-Arsenal" (Tulaning "Arsenal"i farm-klubi) jamoasi murabbiylar shtabiga kiritildi. Joriy yilda esv mazkur klub bosh murabbiyiga aylandi. Uning hayoti shu tahlid davom etmoqda. Vaholanki, jarohat bo'lmaganida Pyatnickiy Evropaga yo'l olishi va o'zi uchun boshqacha tarix yaratishi mumkin edi.

Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика