So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Toshkent viloyati futbolchilari - "Yashil maydon malikalari" Yangiliklar

Toshkent viloyati futbolchilari - "Yashil maydon malikalari"

O'tgan haftada mamlakatimizning to'rt shahrida uchinchi marotaba tashkillashtirilgan ayollar o'rtasidagi “Yashil maydon malikalari” ananaviy turnirining mintaqaviy bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda quyidagi mintaqadagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishib, yarim final yo'llanmalariga sazovor bo'lishdi:

Sirdaryo viloyati mintaqasida ishtirok etgan Jizzax, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri hamda mezbonlar o'rtasida kechgan bahslarda omad poytaxt viloyati vakillariga kulib boqdi.

Farg'ona mintaqasida vodiy vakillari o'zaro kuch sinashishdi, bosh sovrin esa namanganliklarga nasib etdi.

Qashqadaryo mintaqasida mezbonlar, Samarqand va Surxondaryo vakillari kurash olib borishdi, naoiyliklar sababsiz musobaqaga kelishmadi. Samarqand jamoasi g'olib bo'ldi.

Xorazm mintaqasiga qo'shni Buxoro viloyati delegaciyasi etib kelmadi. Mezbonlar hamda qoraqalpog'istonliklarning o'zaro bahsida maydon egalariga “devorlari” yordam berib yubordi.

24-26 sentyabr kunlari Namangan shahrida ushbu musobaqaning final o'yinlari tashkil etildi. Unda bosh sovrinni Ilya Klikunov ustozligidagi Toshkent viloyati qizlari qo'lga kiritishdi. Ikkinchi o'rin Ibragim Belyakov bosh murabbiyligidagi Samarqand viloyati vakillariga, uchinchi o'rin esa Karima Yo'ldosheva boshchiligidagi mezbonlarga nasib etdi.

Turnirning “Eng yaxshi...”lariga atalgan sovg'alar quyidagi o'yinchilarga topshirildi:

Eng yaxshi darvozabon – Intizor Ibrohimova (Samarqand)
Eng yaxshi himoyachi – Dilnoza Utamova (Xorzam)
Eng yaxshi hujumchi – Yodgora Razzoqova (Namangan)
Turnir to'purari – Sadoqat Ilashova (Toshkent viloyati).

Eslatib o'tamiz, turnirning 2015 yilgi mavsumida Toshkent viloyati, o'tgan yili esa surxondaryolik futbolchi qizlar bosh sovrinni qo'lga kiritishgan.

Oybek Yunusov

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика