Torreyra "Boka Xuniors"ga o'tishni xohlamoqda
15 apr 2021 15:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631244_original.jpg)
![](/upload/storage/631244_220.jpg)
Torreyra "Boka Xuniors"ga o'tishni xohlamoqda
"Atletiko"da ijara asosida o'ynayotgan "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Boka Xuniors"ga o'tishni xohlamoqda.
"Men hozir "Boka Xuniors"ga o'tishni xohlayman. 25 yoshman va muxlislarni xursand qilmoqchiman. Bu oson bo'lmasligini bilaman. "Boka" va "Arsenal" ijara borasida kelishishi kerak", - deydi Torreyra.
Futbolchining Argentinaga yo'l olish xohishiga yaqindagi bo'lib o'tgan onasining o'limi va APLga qaytishni xohlamayotgani sabab bo'lmoqda. U "Atletiko"da qolishni xohlar edi, ammo u Simeonening ishonchini qozona olmadi.
Torreyra "Atletiko"ga 2020 yilning oktyabrida o'tgan edi. Xavbek Madrid klubi safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar