"Torino" futbolchilari aviahalokatga uchragan "SHapekoense" formasida maydonga tushishdi FOTO
03 dek 2017 23:50
Yangiliklar
"Torino" futbolchilari aviahalokatga uchragan "SHapekoense" formasida maydonga tushishdi FOTO
Italiyaning "Torino" klubi Italiya A seriyasi doirasida "Atalanta"ga qarshi bahsda kutilmaganda yashil rangli formada maydonga tushdi.
SHu orqali Turin klubi 2017 yilning 28 noyabr sanasida aviahalokatga uchragan Braziliyaning "SHapekoense" klubiga hurmat bajo keltirdi.
"Torino" klubining yashil formasi 1500 dona chiqarildi. Sotuvdan tushgan pullarning malum qismi aviahalokatga uchragan futbolchilarning oilalariga beriladi.
Nima uchun aynan "Torino" deysizmi? Sababi 1949 yilda Italiya klubi ham aviahalokatga uchragan edi.
Lissabonda "Benfika"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib qaytayotgan jamoa o'tirgan samolyot quyuq tuman tufayli halokatga uchragandi. "Torino"ning o'sha tarkibida Italiya terma jamoasining 10 nafar futbolchisi bor edi.
"Bizning taqdirlarimiz bitta va doim do'st bo'lib qolamiz", - deyiladi "Torino"ning bayonotida.
Fikrlar