So’nggi yangiliklar

10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  5 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  6 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  2 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  17 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  7 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  4 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  6 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  5

Top klubni tanlagan omadsiz iqtidorlar Yangiliklar

Top klubni tanlagan omadsiz iqtidorlar

Biz ko'pincha futbol olamidagi omadsiz bitimlar haqida gapiramiz va uni transfer summasi yoki futbolchining yangi klubga foydasi tegmayotgani bilan bog'laymiz.

Keling, bugun aynan shu vaziyatga futbolchilar ko'zi bilan qarab, tahlil qilishga urinib ko'ramiz.


Neymar ("Barselona"dan PSJga)

U yaqindagina jamoadan ketmoqchi bo'lib yurgandi, lekin yangi shartnoma imzolab, qatarliklarning oltin qafasidagi "braziliya to'tisiga" aylandi. Messi bilan bitim imzolanganidan so'ng, uni ham jamoada olib qolishga qaror qilishdi. Ammo qiziq statistika: yosh Pedri bir mavsum ichida klubi va terma jamoasi safida Liga 1da 4 (!) yildan beri to'p tepayotgan Neymardan ko'proq o'yin o'tkazdi. Pul Juniorning ancha imkoniyatlarini yakson qildi. Xo'sh, o'zingiz aytingchi, yilning eng yaxshi o'yinchilari uchligida (!) uni qanchalik ko'p ko'rasiz?! "Oltin to'p" mukofotini olish uchun favoritlar reytingida braziliyalik 17-o'rinda!

Aslida yuqoriroq pog'onada bo'lishi kerak edi, lekin barqarorlik yo'q. Qolaversa, obro'si ham avvalgidek emas. Neymar kichik jarohatlar, simulyaciya va PSJning g'alati mag'lubiyatlari ramziga aylandi. SHuningdek, u eng yaxshi davrini Liga 1da fintlar bilan o'tkazib yubordi.


Filippe Koutino ("Liverpul"dan "Barselona"ga)

Hozir Koutino "Barselona"dan boshqa hech kimga kerak bo'lmay qoldi. Kataloniyaga o'tishi, keyin yana qaytishi haqidagi original fikrlarini keyinroq avtobiografiyasida aytib berar. Hozir esa u intervyularida Kataloniyada baxtli hayoti haqidagi odatiy gaplarni aytib turadi. Bunday holatlarda ko'p kuzatganimiz, kuchliroy klubga o'tyapman deb o'ylagandi. ECHLda g'olib chiqish uchun intilgandi, do'sti Suares va Messi bilan birga o'ynashni orzu qilgandi. "Barselona" omadsizliklarga uchrar ekan, "Liverpul" oyoqqa turardi. ECHL ikki finali, qizig'i, sovrin yo'lida kataloniyaliklarga qarshi kambek ham amalga oshirildi.

Angliyada 30 yildagi birinchi chempionlik. Koutino "Bavariya"ga ko'chib o'tdi va yana qator kuboklarni qo'lga kiritdi. Biroq 2017 yilgi Filippeni va bugungisi bilan solishtirib ko'ring. Oradan bor yo'g'i 4 yil o'tdi, xavbek 29 yoshda, ammo u endi "kichkina sexrgar" emas va APL bo'lgani kabi, liganing eng yaxshilaridan biri sifatida ham tilga olinmayapti.


Kepa Arrisabalaga ("Atletik Bilbao"dan "CHelsi"ga)

Uni oldinda yorqin kelajak kutayotgandek edi, go'yo. Londonda asosiy tarkibda Kurtuaning o'rnini bosadi, o'sadi, Ispaniya termasida De Xeaga munosib raqobatchi bo'lishiga ishonishgandi. Ammo hozir "Qizil Furiya" asosiy tarkibidan "Atletika"ning boshqa golkiperi, Tokio Olimpiadasi kumush medali sohibi va Evro yarim finalchisi — Unai Simon o'rin olgan. Kepa esa UEFA Superkubogida penaltilar seriyasini yutgan bo'lsada, Sarri "CHelsi"si davridan qolgan stereotip Mendining doimiy o'rinbosari nomini oldi.

Futbol tarixidagi eng qimmat golkiper uchun ("CHelsi" darvozabon uchun "Bilbao"ga 80 mln evro to'lab bergan) qiyin davrlar boshlandi. Eduar asosiy tarkibda ajoyib o'yin namoyish etmoqda, Kepa esa o'ziga yangi jamoa izlash bilan band. Unga omad kulib boqadi deb umid qilamiz, biroq darvozabon o'ziga nisbatan ishonchini yo'qotishi juda xavfli. Karius yodingizdami? Bir qator ijaralar seriyasidan so'ng, futbol muxlislari etiboridan chetga chiqdi.


Aleksis Sanches ("Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga)

Ko'pchilik unutgan bo'lishi mumkin, ammo chililik "Arsenal"daligida APLning eng yaxshilari qatorida edi. Xuddi Koutino "Liverpul"da bo'lgani kabi. Sanches "Barselona" safiga o'zi uchun mos kelmaydigan rolga rozi bo'lganidayoq faoliyatidagi noto'g'ri qarorlardan biriga yo'l qo'ygandi. Omadsiz kelishuvlar ustasi. MYU va "Arsenal" "yil almashinuvi" borasida — ko'pchilik Sanches va Mxitaryan transferini shunday degandi, kelishib qo'ygandi. Biroq bu ajoyib futbolchi uchun uzoq yillarga tatigulik omadsizlik edi.

Bu tarixda faqatgina futbolchining London, Manchester va Milanda istiqomat qilib ulgurgan, sayohat gashtini surgan yaqinlari yutdi. Futbolchi esa Di Mariyadan farqli ravishda katta sahnaga qayta olmadi va "Inter" safida A Seriyada bor yo'g'i 70 daqiqani maydonda o'tkazdi.


Pol Pogba ("Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga)

Futbolchi Pogba uchun bu transferda puldan boshqa naf bo'ldimi? "Yuventus"ga yosh xavbek mos tushardi va A Seriyada bir necha bor g'alaba qozongan bo'lardi. Ikki yilcha oldin Ronaldu bilan Turinda "to'qnashgan" va italiyaliklarning ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritish imkoniyatini oshirgan bo'lardi. SHuningdek, Turinda Pol zafarli JCH-2018dan so'ng butkul boshqacha obro'ga ega bo'lardi, chunki futbolchi Desham jamoasining muhim bo'lagi edi. Manchesterda esa unga bo'lgan munosabat o'zgacha va inglizlarning fikricha, "Lids"ga qarshi ko'rsatganidek o'yin Pogba uchun yorqin, lekin vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi holat.

Assisttentlar etarli, ammo "Liverpul" bilan o'yindagi qizil Pogbaning Manchesterdagi faoliyati yorqin misoli hisoblanadi. Olti mavsumni faoliyatining cho'qqisi deyish — ayniqsa undagi eng muhim g'alaba Evropa Ligasida "Ayaks"ning mag'lub etilishi bo'lsa. Pol superyulduz darajasiga chiqishi mumkin edi, ammo pulni tanladi va nazarimizda, xato qildi.


Eden Azar ("CHelsi"dan "Real"ga)

Anchelotti o'zini o'zi "kulgili amaki" deb atagandi. Azarni maqtab, bir vaqtning o'zida kamsitishga muvaffaq bo'ldi. Karlo belgiyalik o'zining eng yaxshi holatiga qaytishiga ishonishini aytdi, ammo shu bilan birga qati ravishda — Eden "Madrid"da tegib bo'lmas yulduz maqomiga ega emasligini aytdi. Sog'lom, ishtiyoq etarli, ammo murabbiy boshqa futbolchilarni maqul ko'rmoqda. Vinisius Benzema bilan yaxshi tandem hosil qilib ulgurdi, Rodrigo hujumning o'ng qanotida paydo bo'lmoqda. Azarga hujum uchligida joy topilmayapti, yarim himoyada esa Kross, Modrich va Kazemiro sog' bo'lsa, yana Eden zaxirada. "Real" va Zidan muxlisi CHempionlar Ligasidagi odat tusiga kirgan, navbatchi g'alabalar davridan kech qoldi. Uyog'iga futbolchi uchun qiyinchiliklar davri boshlandi. O'tgan mavsum Azar jarohatlangan bo'lishiga qaramay, 17.14 mln evro ishlab topdi. Belgiyalik aslini olganda Robbenchalik jarohatlarga moyil emas. Biroq Aren yakunda o'zi uchun ideal klubni topdi va faoliyatini "Bavariya"da qutqarib qoldi, Edenga esa omad kulib boqishi hali so'roq ostida.

Futbol — selekciya muhim bo'lagi bo'lgan o'yin. Yodingizda bo'lsa, Lempardning omadsiz kunlarida barcha Granovskaya va CHexning ustidan qo'shib kulgan, yuzlab million evroni havoga sarflaganlikda ayblashgandi. Biroq jamoaga Tuxel keldi va jamoa ECHLda g'olib bo'ldi. Yozda Lukaku klubga qaytarildi. Lekin u siz ham klub gollar urish borasida muammoga duch kelmayapti va APL g'olibligiga asosiy davogarligicha qolmoqda. Futbolchi transferga rozilik berishdan avval ikki qadam oldinni ko'ra bilishi zarur. Klubdagi qayta qurish, avlodlar almashinuvi qanchalik katta ko'lamda bo'lsa — nozik futbolchilar klubga moslashishi shunchalik qiyin bo'ladi. Hattoki, hozir ham misol uchun o'sha Mbappe erkin agent sifatida Madridga yo'l olishi to'g'riligi borasida savollar etarli. Peres francuzning otasiga katta mukofot puli vada qilmoqda, lekin La Liga etibor borasida APLga imkoniyat bermoqda. Kim biladi deysiz, balki Kilian xuddi Azar kabi afsuslanar...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика