Top-5. Immobile Messi, Ronaldu va Levandovskining natijasini takrorladi
25 apr 2022 07:55
Yangiliklar


Top-5. Immobile Messi, Ronaldu va Levandovskining natijasini takrorladi
A Seriya doirasida o'tgan “Lacio” – “Milan” (1:2) bahsida CHiro Immobile raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
Bu 32 yoshli italiyalikning joriy mavsum chempionatda urgan 26-goli bo'ldi. U kuchli beshlik ligalarida oxirgi olti yil ichida chempionatning uch mavsumida 25 va undan ko'p to'p kiritgan 4-futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunday natijaga Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu hamda Robert Levandovski erishgan,
Immobile 2017/18 yilgi mavsum A Seriyada 29 ta gol urgan bo'lsa, 2019/20 yilgi mavsumda 36 bor raqib darvozabonlarini ranjitgan.
U 2016 yildan beri rimliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. CHiro joriy mavsum jamoa libosida umumiy 38 bahsda qatnashib, 31+2 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar