TOP-5 chempionatda mag'lub bo'lmagan jamoa qolmadi
28 jan 2017 23:43
Yangiliklar
TOP-5 chempionatda mag'lub bo'lmagan jamoa qolmadi
Bugun Germaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Liga debyutanti va mavsum kashfiyotiga aylangan "RB Leypcig" klubi o'z maydonida "Xoffenxaym"ni qabul qilib 2:1 hisobida g'alaba qozondi. SHunday qilib, "Xoffenxaym" ushbu mavsum milliy chempionatda birinchi bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. 29 yoshli Yulian Nagelsmann boshchiligidagi klub bu mavsum Evropaning eng kuchli besh chempionatida (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Franciya) mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turgan edi.
Malumot uchun, "Xoffenxaym" 17ta o'yindan 7tasida g'alaba va 10tasida durangga erishgandi. 18-o'yin ular uchun omadsiz keldi. Jamoa ayni paytda 31 ochko bilan Bundesligada to'rtinchi o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar