Toni Kroos: "Angliya chempionatida ishtirok etish variantini inkor etmayman"
10 mar 2014 18:15
Yangiliklar


Toni Kroos: "Angliya chempionatida ishtirok etish variantini inkor etmayman"
"Bavariya" futbolchisi Toni Kroos "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning o'zining keyingi faoliyatiga oid savoliga qo'yidagicha javob berdi.
"Hozircha keyingi faoliyatim haqida aniq bir gapni ayta olmayman. Yakuniy qarorga kelganim yo'q. Angliya chempionatida ishtirok etish variantini inkor etmayman. CHempionlar Ligasida ishtirok etmaydigan klub? Har qanday jamoa taklifini o'rganib chiqishim mumkin, faqatgina, qachonki "Bavariya"dan ketishga qaror qilsam", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Fikrlar