“Tom” bosh direktori: “Denisov va Davidov bilan kelishib oldik”
16 sen 2020 19:40
Yangiliklar


“Tom” bosh direktori: “Denisov va Davidov bilan kelishib oldik”
“Tom” rahbariyati vakili Tatyana Smirnova himoyachi Vitaliy Denisov va hujumchi Denis Davidov yaqin orada jamoaga kelib qo'shilishini tasdiqladi.
“Ha, biz kelishib oldik. Tibbiy ko'rik natijalarini ham olganmiz, ularni kutmoqdamiz. Juma yoki shanba kuni ular uchib kelishadi.
Vitaliy va Denis “Volgar”ga qarshi bahsda o'ynaydimi? Mazkur o'yingacha qaydnomadan o'tkazishga harakat qilamiz, ammo ular qanday funkcional holatdaliga ham muhim. CHunki, Denisov aynan bahs o'tadigan kunda etib keladi, o'zingiz tushunib turibsiz.
Tarkibni kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ko'rib chiqilmoqdami? Ha”, deya qayd etgan Smirnova.
Eslatib o'tamiz, tomskliklar MFLda 9 turdan keyin 2 ochko jamg'argan holda 21-o'rinda bormoqda. “Volgar”ga qarshi uchrashuv esa 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar