Tolisso "Bavariya"dan ketishi mumkin
18 iyu 2021 20:33
Yangiliklar
Tolisso "Bavariya"dan ketishi mumkin
Franciyalik xavbek Korenten Tolisso Myunxenning "Bavariya" klubini tark etishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, nemis grandi yarim himoyachini 20 million evroga baholagan.
Futbolchiga "Napoli" va "Yuventus" qiziqyapti, ammo ular belgilangan summani qimmat deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, "Bavariya" Tolissoni ushbu yozda sota olmasa, u bir yildan so'ng erkin agent sifatida ketadi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumda Bundesliga doirasidagi 16 o'yinda 1 ta gol urdi.
Fikrlar