"To'liq hurmatsizlik". Neymarning Franciyadagi yangi muammolari - mer prokuratura bilan tahdid qilmoqda (mutolaa uchun)
13 fev 2023 01:48
Yangiliklar
"To'liq hurmatsizlik". Neymarning Franciyadagi yangi muammolari - mer prokuratura bilan tahdid qilmoqda (mutolaa uchun)
Futbolchining qo'shnilari uning kechki bazmlaridan g'azabda.
Neymar navbatdagi mojaroga ro'baro keldi. Bazida futbolchi o'z obro'siga umuman ahamiyat bermaydigandek tuyuladi. PSJning yulduz hujumchisi bu safar qo'shnilar va shahar merining g'azabini qo'zg'atdi.
Neymar Bujivaldagi uyni ijaraga oladi — bu 9 ming atrofidagi aholiga ega Parij atrofida joylashgan hudud. Braziliyalik 5 fevralda 31 yoshni qarshi oldi va buning sharafiga ziyofat uyushtirdi. Neymar o'zgacha etibor bilan ushbu sanaga munosabatda bo'ladi. U ushbu kunda mashg'ulotlarga bormaydi, o'yinlar o'tkazmaydi va uni keng miqyosda nishonlaydi.
Neymar bu safar Parij barida, terrasadan Franciya poytaxtining ajoyib manzarasi ko'rinadigan joyda bazm qildi. Futbolchi uni to'liq dasturda oilasi va yaqin do'stlari bilan nishonladi. Uning mehmonlari qatorida PSJ hujumchisi Lionel Messi rafiqasi bilan, shuningdek Falkao (ikki karra jahon chempioni) sifatida ko'proq tanilgan mini-futbol afsonasi Alesandro Roza Vieyra ham bor edi. Bayram tortlaridan biriga Neymarning surati tasvirlangan edi. Yuzning bir yarmi Betmen niqobi ostida yashiringan edi, ikkinchisi esa Joker obrazsi sifatida namoyon etildi.
Franciyada Neymarning tabdirni 4 fevral kuni kechqurun tashkillashtirganini yozishmoqda. PSJ ushbu kunda "Tuluza" (2:1)ni katta qiyinchilik bilan mag'lub etdi, g'alaba golini esa Messi rasmiylashtirdi. Ko'rinishidan, braziliyalik 5-sanada tug'ilgan kunini uyida, kengroq davrada nishonlagan. Qo'shnilar baland musiqadan shikoyat qilib, hatto policiyaga ham qo'ng'iroq qilishgan, ammo bu yordam bermagan.
Bujival meri Lyuk Vattel yulduz futbolchining villasi yonida yashaydi. U har qanaqasiga Neymarning harakatiga tasir o'tkaza olmayotganini takidalmoqda: "Bu qo'shnilarga bo'lgan to'liq hurmatsizlik. Biz unga jarima yozishimiz mumkin, ammo bunday narsalar Neymarni faqatgina quvontiradi. Bunday maoshli o'yinchi uchun 135 evro jarima nimani anglatadi? Qachondir jiddiyroq qadamlar tashlashimiz va bir necha bor jamoat tartibini buzishi sabab prokuraturaga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi.
Policiya Neymarga murojaat qildi, ammo u tadbir mahalliy vaqt bilan 21:00da tugashiga vada berdi. Ammo, qo'shnilar shovqinli o'tirish 23:00dan so'ng ham yakunlanmaganini takidlashmoqda. Neymar o'tgan mavsum so'nggida uyida Franciya chempionatidagi g'alaba sharafiga ziyofat uyushtirdi. Qo'shnilar dahshatga tushishdi, sababi u faqatgina ertalab beshda yakunlandi.
Endi esa bir necha raqamlarga murojaat qilsak.
- Neymar PSJda oyiga 4 million evro ishlaydi (bonuslar va homiylik shartnomalari bilan 6,8 million evro);
- braziliyalik uy ijarasi uchun oyiga taxminan 14-15 ming evro to'laydi;
- besh qavatli uy Parij markazidan 23 km uzoqlikda joylashgan, uning narxi 8 million evroga baholanmoqda;
- Neymar villani 2017 yildan beri ijaraga oladi. XXI asr boshida u erda Ronaldino yashagan (2001 yildan 2003 yilgacha PSJda o'ynagan).
Maosh malumotlaridan kelib chiqsak, 135 evro jarima kulguli ko'rinadi. Bujival merining tez orada tergov organlarini ishga jalb qilishi istisno emas.
Aytgancha, Neymar nafaqat qo'shnilarini, balki PSJning ayrim muxlislarini ham jahlini chiqarmoqda. Faol muxlislar hujumchining francuz klubidan ketib, "Barselona"ga qaytish istagini kechira olishmaydi. Ular vaqti-vaqti bilan Neymarga nisbatan haqorat yozilgan bannerlar bilan chiqishadi. Ulardan birida hatto onasi haqida yozib bo'lmaydigan so'zlar ham paydo bo'ldi.
PSJ muxlislar guruhlaridan birining etakchisi Romen Mabil yaqinda muxlislar haddan oshib ketishganini takidladi. Ammo, shu bilan birga Neymarning hatti-harakatlaridan noroziligini ham bildirdi:
— Buni to'g'irlash yo'li uzoq bo'ladi. O'yinchining onasi nomiga yozilgan banner sabab juda qo'pol ish tutganligimiz haqidagi fikrga qo'shilaman. Albatta, uning oldin PSJdan ketishni xohlagani bizni xafa qildi. SHaharning uning "Barselona"dan transferini qanday qarshi olganini eslang. Afsuski, klubda ham, futbolchining o'zida ham vaziyatni to'g'irlash xohishi uyg'onmadi. Muhokama uchun ochiqman. Gaplashish va echim topish mumkin edi. Ammo, biz muxlislar uning ortidan yugurmaymiz. Neymarning muxlislarni xush ko'rmasligi va bizning guruhga etibor bermayotgani yoqimsiz.
Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar