Tojikistondan Saudiyaga 100 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi
21 mar 2024 21:17
Yangiliklar
Tojikistondan Saudiyaga 100 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi
Payshanbadan jumaga o'tar kechasi JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Tojikiston uchrashuvi o'tkaziladi.
Mazkur o'yinda o'z jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Tojikistondan 100 nafarga yaqin futbol ishqibozi Ar-Riyod shahriga etib keldi. SHuningdek, bellashuvni yoritib borish maqsadida mamlakat televidenie xodimlari ham tashrif buyurgan.
Xabarlarga ko'ra, OAV vakillari va muxlislar uchrashuv nihoyasiga etishi bilanoq ortga qaytishadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni olti, Tojikiston esa to'rt ochko jamg'argan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar