Tojikiston Prezidenti Osiyo vice-chempionlari bilan uchrashdi FOTO
11 okt 2018 11:54
Yangiliklar
Tojikiston Prezidenti Osiyo vice-chempionlari bilan uchrashdi FOTO
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun futbol bo'yicha mamlakat o'smirlar terma jamoasi azolarini qabul qildi.
Ushbu jamoa yaqindagina Malayziyada o'tgan U-16 Osiyo chempionatida kumush medallariga ega chiqdi va 2019 yil Peruda o'tadigan U-17 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Prezident terma jamoa azolarini Osiyo vice-chempionligi bilan tabrikladi va bo'lajak Jahon chempionatida omad tiladi. Bu haqda Tojikiston futbol Federaciyasining tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Fikrlar