Tojikiston o'rtoqlik o'yinida Suriyaga mag'lub bo'ldi
01 iyu 2022 23:05
Yangiliklar
Tojikiston o'rtoqlik o'yinida Suriyaga mag'lub bo'ldi
Osiyo Kubogi saralashiga tayyorgarlik ko'rayotgan Tojikiston termasi Dubaydagi yig'inlar doirasida Suriyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv suriyaliklarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol Omar al-Soma hisobiga yozildi.
Suriya - Tojikiston 1:0
Gol: Omar al-Soma (16).
Tojikiston: Rustam Yatimov (Muxriddin Hasanov, 78), Davronjon Ergashev, Siyovush Asrorov, Axtam Nazarov, Alijon Karomatullozoda (Komron Tursunov, 67), Amirbek Jo'raboev, Muhammadjon Rahimov (Alijoni Ayni, 67), Ehsoni Panshanbe (SHaxrom Sulaymonov, 78), SHervoni Mabatshoev, SHeriddin Boboev (SHaxrom Samiev, 51), Manuchexr Jalilov (Nuriddin Xamroqulov, 67).
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Muhammad (BAA).
1 iyun. Dubay. "Al-Avir" stadioni. 300 tomoshabin.
Fikrlar