Tojiev, Lobanov va yana bir qator "Paxtakor" futbolchilari "Metallurg" klubiga o'tdi
27 jan 2019 00:06
Yangiliklar
Tojiev, Lobanov va yana bir qator "Paxtakor" futbolchilari "Metallurg" klubiga o'tdi
"Paxtakor" bir qator futbolchilari bilan xayrlashdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti malumot berdi. Jamoamiz safida oxirgi mavsumlarda eng tajribali futbolchiga aylangan, ko'p marta O'zbekiston chempionati va Kubogida zafar quchgan Kamoliddin Tojiev erkin agent sifatida "Metallurg"ga ko'chib o'tdi. Klub rahbariyati va muxlislar nomidan Tojievga "Paxtakor"dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev va Abbos Otaxonov esa bekobodliklar safiga transfer qilindi. SHuningdek, Suhrob Nurulloev va Ibrohim Yo'ldoshev "Metallurg"ga ijaraga berildi. Biz ushbu futbolchilarga yangi jamoalaridagi faoliyatlari omadli chiqishini tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar