So’nggi yangiliklar

10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  4 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  10

Tohir Kapadze: “Qo'qon-1912” oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi kelasi yil qo'yiladi” Yangiliklar

Tohir Kapadze: “Qo'qon-1912” oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi kelasi yil qo'yiladi”

Birinchi ligadan o'rin olgan “Mashal” – “Qo'qon-1912” (3:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Tohir Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.
-   Tohir aka, avvalo o'yin haqida nima deya olasiz?
-   Bugungi bahs o'ziga yarasha qiziqarli ruhda kechdi. Menga maydonning holati juda yoqdi. Bunday maydonlarda maza qilib futbol o'ynasa bo'ladi. Bizda ikkita golga tortadigan vaziyat bo'ldi, “Mashal”da esa yo'q deganda 5-6ta imkoniyat yuzaga keldi va ular javobsiz uchta to'p kiritishning uddasidan chiqishdi. O'yin yakkakurashlarga boy tarzda kechdi. Biz yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Menimcha, bunga futbolchilarimizda charchoq alomatlari borligi xalaqit berdi. O'ylaymanki, Qo'qonda kechadigan javob bellashuvida “Mashal”ga jiddiy qarshilik ko'rsatamiz.
 
-   Jamoangiz o'tgan turda “Spartak” ustidan g'alaba qozonganida ko'pchilik “Mashal”ga ham qiyin bo'ladi deb kutgandi.
-   Avvalo “Mashal” bilan “Spartak”ni solishtirish kerak emas. Qolaversa, muborakliklar oliy ligaga chiqish uchun harakat qilishmoqda. Tan olish kerak, birinchi ligada “Mashal” va “Andijon” boshqalardan kuchli.
 
-   3:0 hisobi o'yinga mos bo'ldi deb o'ylaysizmi?
-   Endi birinchi gol penaltidan kiritildi. Taym oxirlarida gol o'tkazib yuborish har qanday jamoaning kayfiyatiga tasir qiladi. 3:0 salgina ko'payib ketdi. 3:1 bo'lsa yaxshi bo'lardi.
 
-   “Qo'qon-1912” oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan deb eshitdik.
-   Bunday vazifani keyingi yil qo'ymoqchimiz. CHunki bu yil tashkiliy masalalar bilan bog'liq qiladigan ishlarimiz ko'p. Bir yil ichida vazifa qo'yib birdaniga oliy ligaga chiqib bo'lmaydi.


Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика