TJM vakillari “Nasaf” mutasaddilari bilan uchrashishdi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016, 15:25
Kuni kecha Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda O'zbekiston futbol federatsiyasi terma jamoalar markazi mutasaddilari “Nasaf” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda O'FF terma jamoalar markazi musobaqalar o'tkazi bo'limi boshlig'i Botir Karimjonov, markaz vakili Vyacheslav Soloxo “Nasaf” futbol klubi bosh menejeri Shamil Yarulin, sport direktori Vitaliy Ni va jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievlar ishtirok etishdi.

Yig'ilishda markaz vakillari so'nggi yillarda “Nasaf” tarkibidan mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalariga ko'plab iqtidorli va umidli futbolchilar jalb etilayotganligini alohida ta'kidlab o'tishdi.  Shuningdek, terma jamoaga nomzod futbolchilarni jismoniy-funkcional holati doimiy nazoratda bo'lishi va boshqa masalalar haqida markaz mutasaddilari kerakli tavsiyalarni berishdi.

Yig'ilishda yosh charm to'p ustalarining  har tomonlama sog'lom bo'lishi ham muhim ekanligini aytilib, shifokorlarni bunda o'z vazifalariga mas'uliyat bilan yondoshish lozimligi, futbolchilarni to'g'ri tarzda davolanishini ham nazorat ostiga olib, futbol maktablarida shug'ullanayotgan yosh futbolchilarni ota-onalariga ham tushuntirish kerakligi alohida qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz