Titanlar jangi. "CHelsi" "Stemford Brij"da "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi
18 fev 2019 18:57
Yangiliklar
Titanlar jangi. "CHelsi" "Stemford Brij"da "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi
Ushbu bahsdan oldin "aristokratlar"da futbolchilar tanlovi borasida vaziyat qulayroq. CHunki "CHelsi" safida zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar - Gari Kexill, Denni Drinkuoter va Ruben Loftus-CHiklar maydonga tushishi so'roq ostida.
"Qizil iblislar"da esa vaziyat jiddiyroq. Mankunianlar safida Matteo Darmian, Jessi Lingard, Antoni Marsyal va Antonio Valensiya jarohat tufayli "CHelsi"ga qarshi o'ynay olmaydi. Aleksis Sanches borasida qaror uchrashuvdan oldin qabul qilinadi.
Taxminiy tarkiblar:
"CHelsi": Arrisabalaga, Alonso, Luis, Ryudiger, Aspilikueta, Barkli, Jorjino, Kante, Azar, Iguain, Pedro.
"Manchester Yunayted": Romero, SHou, Jons, Smolling, Yang, Pogba, Matich, Errera, Mata, Lukaku, Rashford.

Ushbu bahsga oid qiziqarli malumotlar:
- "CHelsi" Angliya Kubogi doirasida o'tkazgan so'nggi 7ta uchrashuvning 6tasida darvozasini quruq saqlab qoldi
- "Manchester Yunayted" Angliya Kubogidagi so'nggi 8ta uchrashuvning 7tasida g'alabaga erishdi
- "CHelsi" Angliya Kubogidagi oxirgi 7ta bahsning 6tasida zafar quchdi
- "Manchester Yunayted" Angliya Kubogi doirasidagi so'nggi 7ta o'yinning 5tasida har bir bo'limda gol urishga muvaffaq bo'ldi
- "CHelsi" "Manchester Yunayted"ga qarshi uyida o'tkazgan oxirgi 10ta o'yinida mag'lub bo'lmadi
- "Manchester Yunayted" Angliya Kubogidagi so'nggi 8ta o'yining 7tasida kamida 2tadan gol urishga erishdi.
|
Chelsea |
FA Cup . 5-tur 19/02/2019, 00:30 2
:
0
Tugadi
|
Manchester United Ander Herrera - 31', Paul Pogba - 45' |
Stadion: Stamford Bridge, 40562 tomoshabin
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar